Dunyodan
Rossiya Eronga yordam bera boshladi – Rossiya Tashqi ishlar vazirligi
Eron Rossiya va boshqa do‘st davlatlarga gumanitar yordam so‘rab murojaat qilgan, Rossiya allaqachon yordam ko‘rsatishni boshlagan.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Eronda ko‘plab kasalxonalar va tez yordam stansiyalari vayron bo‘lgani va jarohatlanganlar, jumladan, ayollar va bolalar soni ortib borayotgani sababli Eron hukumati do‘st mamlakatlarga murojaat qildi. Eron, shuningdek, Rossiyadan dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishni so‘ragan.
Zaxarovaning aytishicha, Eron fuqarolariga gumanitar yordam yetkazish Rossiya prezidenti ko‘rsatmasi bilan rejalashtirilgan.
Rossiya hukumati ham Yaqin Sharqdagi mojarolarning nazoratsiz avj olishidan jiddiy xavotir bildirgan. Rossiyaga koʻra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari butun mintaqadagi vaziyatni izdan chiqargan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, janglar Fors ko‘rfazi atrofidagi ko‘plab arab davlatlari hududiga ham ta’sir qilgan va bu mamlakatlar xalqlari uchun og‘ir gumanitar oqibatlarga olib kelgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, mojaro atrof-muhit va radioaktiv vayronagarchilik xavfini tugʻdirmasligi uchun harbiy amaliyotlarni zudlik bilan toʻxtatib, muammoni diplomatik yoʻl bilan hal qilishga qaytish zarur.