Dunyodan
Xitoyda pirotexnika zavodining portlashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning markaziy qismidagi Xunan provinsiyasi Lyuyan shahridagi pirotexnika zavodida yuz bergan portlashda 26 kishi halok bo‘ldi, 61 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Changsha shahri rasmiylari o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Avvalroq Xitoy markaziy televideniyesi kamida 21 kishi halok bo‘lgani va 61 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi. Portlash zavoddan 300-400 metr radiusdagi binolarga zarar yetkazgan.
Voqea joyida favqulodda vaziyatlar guruhlari va yong‘in-qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Qutqaruv guruhi 1 kilometrlik asosiy operatsiya hududini va 3 kilometrlik nazorat zonasini tashkil etdi. Aholi zudlik bilan xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun yuzlab odamlar, jumladan robotlar va maxsus texnika safarbar qilingan.
Hodisaga javoban Xitoy rahbari Si Tszinpin butun mamlakat bo‘ylab ishlab chiqarish zavodlariga xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurdi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, hodisa sabablarini tezroq aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidladi.
Luyang zavodida portlash 16:43 da sodir bo’lgan. Pekin vaqti dushanba. Xitoy jamoat xavfsizligi organlari zavodga egalik qiluvchi kompaniya rahbarlarini hibsga oldi. Hozirda tergov davom etmoqda.