Sport

Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Published

on


O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qo‘mitasiga, O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasiga tayinlandi.

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo‘mitasiga tayinlandi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

FIFA Kengashining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025–2029 yillar uchun FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mitaga FIFAning Futbol texnologiyalari bo‘yicha direktori Yohannes Holzmuyuller rahbarlik qiladi.

Qo‘mita VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi.

Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qo‘mitasiga, O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasiga tayinlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version