Iqtisodiyot
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
Beeline’ning 10 dan ortiq tarif rejalarida oylik abonent to‘lovi uchun hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, avtomatik ravishda kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Abonent buni rad eta olmaydi. Agar hisobda 1900 so‘m bo‘lsa, 2000 so‘m kunlik to‘lov yechilishi natijasida hisob minusga kirib (–100 so‘m), raqam bloklanadi, ya’ni ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinadi. Raqobat qo‘mitasi bunga chek qo‘yishni buyurdi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Beeline mobil aloqa operatoriga oylik va kunlik abonent to‘lovi yechish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaga 2024 yilda kelib tushgan murojaatlarning 8,2 foizi va joriy yilning dastlabki 4 oyi davomidagi 8,9 foizi telekommunikatsiya xizmatlari sohasiga to‘g‘ri keladi. Bularning ko‘p qismi Beeline mobil aloqa xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy shikoyatlar tarif narxlari oshishi, qo‘shimcha xizmat va pullik kontent xizmatlarga ulanishi, hisob-kitoblardagi muammolar, xizmat sifati va boshqa masalalarga taalluqlidir.
Mazkur murojaatlarda, oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmagan holda, abonentlarning roziligisiz avtomatik tarzda kunlik tarif rejasiga ulanishi, kunlik to‘lov yechib olinganidan so‘ng trafikdan foydalanish imkoniyati berilmayotgani hamda boshqa noqulayliklar mavjudligi bildirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, kunlik abonent to‘lovi “Yana”, “Hammasi ZO‘R”, “Multi Kuch” hamda yana 10 ga yaqin tariflarda quyidagi shartlar amal qiladi:
Oylik abonent to‘lovini yechish paytida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, avtomatik ravishda kunlik abonent to‘lovi (2000 so‘m) yechiladi.
Kunlik abonent to‘lovi avtomatik yechiladi va uni rad etish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud emas.
Kunlik to‘lov to‘liq amalga oshmasa, hisob minusga tushiriladi va raqam bloklanadi. Bloklangan holatda taqdim etilgan trafikdan foydalanish imkoniyati berilmaydi. Blokdan chiqish uchun balansni ijobiy holatgacha to‘ldirish kerak.
Kunlik abonent to‘lovi, abonent hisobida oylik to‘lov uchun yetarli mablag‘ to‘planguncha avtomatik tarzda yechiladi. Mablag‘ yetarli bo‘lganda, oylik to‘lov yechilib, to‘liq oylik paket taqdim etiladi. Keyingi oylik to‘lov muddati shu sanadan boshlab bir oyga suriladi.
Shuningdek, amaldagi (faqat yangi ulanishlar uchun) “Standart”, “Yashin”, “Aniq”, “Erkin” va “Start” tarif rejalarida ham abonent balansida bir oylik abonent to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, unda bir kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Kunlik tarif rejasini ixtiyoriy ravishda yoqish yoki o‘chirish, xizmatni rad qilish imkoniyati iste’molchida mavjud emas.
Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, mazkur kunlik tarif rejasining qo‘llanilishi iste’molchilar huquqlari kamsitilishiga va bir qator qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga olib kelmoqda. Xususan:
Balansda kunlik to‘lov uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, hisob minusga tushirilib, raqam bloklanmoqda.
Balans minusga yechilgani natijasida raqam bloklanmoqda. Blok holatida esa, kunlik abonent to‘lovi doirasida taqdim etilgan trafikdan foydalanish imkoni taqdim etilmayapti. Ya’ni 2000 so‘m hisobiga sotib olingan kunlik trafikdan foydalanish imkoniyati berilmasdan, ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinmoqda.
Kunlik abonent to‘lovi avtomatik yechiladi – uni o‘chirib bo‘lmaydi. Bu holatda, iste’molchilar kunlik abonent to‘lovi xizmatdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.
Iste’molchilarga kunlik tarifdan foydalanishni ixtiyoriy tanlash, yoqish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud emas.
Yuqoridagilarga asosan, iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida ayrim tarif rejalarining oylik va kunlik abonent to‘lovini yechish shartlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan qo‘mita tomonidan “Unitel” MChJga ko‘rsatma xati yuborildi.
Xatda quyidagilar buyurilgan:
oylik abonent to‘lovi yechish vaqtida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechib olinishini bekor qilish;
abonentga kunlik xizmatdan foydalanishni ixtiyoriy ravishda (masalan, USSD-kod orqali) tanlash imkoniyatini berish;
abonent hisobidan oylik yoki kunlik abonent to‘lovlarini qarzga yechishga yo‘l qo‘ymaslik hamda joriy etiladigan o‘zgarishlar haqida abonentlarni o‘z vaqtida xabardor qilish.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organi o‘z bayonotida iste’molchilarga murojaat qilgan:
“Hurmatli iste’molchilar!
Telekommunikatsiya sohasida amaldagi xizmatlarning sifati, foydalanish imkoniyatlari va hisob-kitoblar borasida iste’molchilarning qonuniy huquqlari buzilishi holatlari sodir bo‘lganda Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.
Unutmang, Sizning huquqlaringiz qonun himoyasida!”
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.
Foto: Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.
“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Jamiyat5 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Sport4 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Jamiyat4 days agoPrezident Gulistondagi gaz portlashida jabrlanganlar holidan xabar oldi
-
Siyosat4 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
