Jamiyat
Quyosh panellari yetkazilishi orqali havoga 100 ming tonna CO₂ chiqishining oldi olindi
Toshkentda havo sifati yomonlashgani haqidagi xavotirlar kuchaygan bir vaqtda qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslarning ahamiyati yanada ortmoqda. Arif Solar tomonidan o‘tkazilgan yillik hisobot tadbirida Jinko Solar’ning yangi avlod panellari va Sungrow invertorlari taqdim etilib, yashil energetikaning ekologiyani yaxshilashda qanday real natijalar berayotgani ta’kidlandi.
Toshkent ekologiyasidagi vaziyat va yashil energiyaning ahamiyati
Bugun Toshkent havosi haqida gapirmagan odamning o‘zi qolmadi. Havo sifati yomonlashgani — bu shunchaki raqamlar emas, balki odamlarning sog‘lig‘i, kayfiyati va kundalik hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan omil.
Shu bois kecha davlat rahbari “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unda transport harakatini tartibga solish, sanoat va qurilishdagi ekologik nazoratni kuchaytirish, ko‘kalamzorlashtirish va havo monitoringini takomillashtirish kabi qator vazifalar belgilandi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shaharlar ekologik barqarorlikka erishishida alternativ energiya ulushini oshirish, energiya samaradorligini kuchaytirish va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish kabi yondashuvlar eng samarali yechim bo‘lgan.
Arif solar: O‘zbekistonda barqaror energiya yechimlarining yetakchisi
O‘zbekistonning eng yirik quyosh paneli yetkazib beruvchi kompaniyasi rahbarining aytishicha, ular shu yilning o‘zida 100 megavatt quvvatga teng quyosh panellarini yetkazib berishga erishgan. Uning ta’kidlashicha, bunday hajmdagi panellar yiliga 100 ming tonnagacha karbon dioksid (CO₂) chiqishini kamaytirishga xizmat qiladi.
Arif Solar — qisqa vaqt ichida yurtimizdagi eng yirik quyosh panellari va invertor yetkazib beruvchilardan biriga aylangan kompaniyalardan biridir. Kompaniya sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, davlat idoralari va xalqaro hamkorlar bilan faol ishlaydi.
Yillik hisobot tadbiri: yangi avlod texnologiyalari
Noyabr oyida Hilton mehmonxonasida Arif Solar kompaniyasining yillik hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kompaniyaning rasmiy hamkori — dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri Jinko Solar’ning yangi avlod quyosh paneli taqdim etildi.
Arif Solar bugun nafaqat uskunalar yetkazib beruvchi, balki to‘liq energiya yechimlarini taklif qiluvchi kompaniyaga aylangan. Ular nafaqat savdo bilan, balki:
sifatli konsultatsiya,
puxta loyihalash,
professional o‘rnatish,
kuchli servis tizimi orqali bozorda yuqori ishonch qozongan.
Kompaniya tomonidan olib kirilayotgan uskunalarning asosiy qismi yuqori samaradorlik, uzoq xizmat muddati va O‘zbekistonning issiq iqlimiga mos innovatsion texnologiyalardir.
Mamlakat bo‘ylab minglab loyihalar
Arif Solar yetkazib bergan quyosh panellari va invertorlar bugungi kunda mamlakat bo‘ylab minglab obektlarda faoliyat yuritmoqda. Ular sanoat korxonalari, ishlab chiqarish majmualari, qurilish sohasidagi yirik obektlar, xususiy sektor va davlat tashkilotlari tomonidan keng qo‘llanmoqda.
Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, ular uchun eng muhim ko‘rsatkich — sotilgan panellar soni emas, balki mijozlarning qayta murojaat qilishi. Bu esa bozorda barqaror energiya segmenti shakllanayotganining yaqqol isbotidir.
Xalqaro hamkorlik: Jinko solar va Sungrow
Arif Solar faoliyatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri — xalqaro hamkorlikdir. Kompaniya Jinko Solar bilan strategik sheriklik o‘rnatgan bo‘lib, bu O‘zbekiston bozoriga global standartlarga mos, yuqori ishonchlilikka ega texnologiyalar kirib kelishiga zamin yaratmoqda.
Shuningdek, kompaniya Sungrow brendi bilan ham hamkorlik qiladi. Sungrow — dunyoda invertorlar ishlab chiqarishda yetakchi brend bo‘lib, ularning mahsulotlari sun’iy intellekt asosida ishlaydi. Ushbu invertorlar:
kunduz kuni o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantiradi,
kechasi esa avtomatik diagnostika amalga oshiradi va tizim bo‘yicha batafsil hisobot tayyorlaydi.
Quyoshli kelajak sari
Arif Solar qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya bozorida ishonchli va yetakchi brendlardan biriga aylandi. Jinko Solar va Sungrow kabi global brendlar bilan hamkorlik, texnik imkoniyatlarning kengayishi, professional xizmat va barqaror energiya strategiyasi kompaniya muvaffaqiyatining asosini tashkil etmoqda.
Quyosh panellari — bu shunchaki texnologiya emas, balki kelajak avlod uchun toza havo, xavfsiz energetika va iqtisodiy samaradorlik demakdir. Va eng muhimi — bu jarayon allaqachon boshlangan. O‘zbekiston quyoshli yurt, ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish esa bugungi kundagi eng to‘g‘ri yo‘ldir.
Barcha energiyalaringiz elektr, gaz va neft mahsulotlarini bitta qilib 3 yillik oldindan to‘lovini sarmoya kiriting, 30 yil tekin energiyada raqobat bozorida lider bo‘ling.
ARIF SOLAR bilan bog‘lanish uchun raqamlar: +99871 203 00 56
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda. Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.
Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.
Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.
Jamiyat
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati:
“Do‘stlik” ordeni bilan
Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari
Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi
Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori
Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori
Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri
Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.
Jamiyat
Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.
Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.
Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.
Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.
Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi
Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.
Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.
Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.
Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.
-
Siyosat5 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Iqtisodiyot4 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Iqtisodiyot5 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat1 day ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport14 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Jamiyat3 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport3 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
