Iqtisodiyot

Qurilishdagi byurokratik talablar 2 barobargacha qisqarishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishdan boshlab foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar tahlil qilinib, talablar, muddatlar va to‘lovlarini 2 barobargacha qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kungi yig‘ilishda bu topshiriq ijrosi uchun mas’ullarga 3 oy muddat belgiladi.

Shuningdek, pudrat korxonalariga chet eldan yiliga faqat bitta maxsus texnika olib kelish cheklovi bekor qilinadi. Bu haqdagi qaror loyihasi 1 hafta ichida kiritilishi kerak.

Prezident “Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga lizingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani noto‘g‘ri ekanini aytdi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pog‘ona ko‘tarilib, 17 trillion so‘mlik bozorga kirish imkoni paydo bo‘ladi.

Qurilish vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash topshirildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version