Iqtisodiyot

QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Published

on


QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

Adliya vazirligi yagona QR-kod bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan, ushbu farmon bilan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun bosqichma-bosqich yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimi joriy etilishi belgilangan.

Hujjatda QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

Yagona QR-kod – foydalanuvchilarga istalgan bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Mazkur qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:

– QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi;

– barcha to‘lov tizimlarining yagona QR-kod tizimi orqali o‘zaro integratsiyasi ta’minlanadi;

– QR-kod tizimi operatori tomonidan to‘lovlar haqidagi ma’lumot va hisob-kitoblar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va real vaqt rejimida QR-kod tizimi ishtirokchilariga yetkaziladi;

– QR-kod tizimi doirasida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va murojaatlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Qoidalarga ko‘ra, har bir foydalanuvchiga mobil ilovalar orqali QR-kodni skanerlash, to‘lov summasini tasdiqlash va har bir operatsiya bo‘yicha onlayn ma’lumotnoma olish va tranzaksiyalar tarixi bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version