Iqtisodiyot
QQSning «nol» stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati tasdiqlandi
Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Prezidentning 2025 yil 4-sentyabrdagi Farmoniga asosan 2026 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» foizlik stavkasi qo‘llaniladi.
Shunga ko‘ra, QQSning «nol» stavkasi qo‘llaniladigan 516 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasi qaytarib beriladi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mazkur mablag‘lar 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi.