Connect with us

Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Published

on


Poyezdda 216 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularga jarohat yetmagan. Yuk mashinasi haydovchisi esa shifoxonaga jo‘natilgan. Bu so‘nggi 2 oyda Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdning yuk mashinasi bilan to‘qnashgan ikkinchi holati.

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 6 oktyabr kuni soat 15:31 da To‘rtko‘l va Ellikqal’a stansiyalari o‘rtasidagi 531-kilometrda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. “Qo‘ng‘irot ‒ Andijon” yo‘nalishidagi 128-sonli yo‘lovchi poyezdi “KamAZ” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Yuk mashinasi temiryo‘l kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan.

Mashina haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan. Yo‘lovchi poyezdida 216 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan. Teplovoz poyezdni olib ketolmasligi sababli O‘zTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyiga jo‘natilgan.

Hodisa joyiga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Oldinroq ham Qoraqalpog‘istonda “Qo‘ng‘irot ‒ Andijon” yo‘nalishidagi poyezd “KamAZ” bilan to‘qnashgan, buning oqibatida teplovoz relsdan chiqib ketgandi.  



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Published

on


Al-Xorazmiy aylanma yo‘lidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l 3 kunga transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr-gastro turizm ko‘chasida yirik tadbir o‘tkaziladi.

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ko‘chaning Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 10 oktyabr soat 09:00 dan 13 oktyabr soat 09:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Yo‘nalishlarni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olish va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanish so‘ralgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Muddati o‘tgan ayrim turdagi mahsulotlar savdosi avtomatik cheklanadi

Published

on


Joriy yil 6-oktyabrda imzolangan iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishga doir PQ–296-son qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.

Bunda raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.

2025-yil 15-oktyabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda «sirli mijoz» va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab «iste’molchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari» tizimi joriy etiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Giyohvandlik vositalari ichimliklar, quvvatlantiruvchi ozuqalar, qahva, shirinliklar tarkibida ham uchramoqda

Published

on


Insoniyat duch kelayotgan eng dolzarb muammolardan biri – bu giyohvandlik. Turli yoshdagi kishilar, ayniqsa, yoshlar orasida narkotik moddalarni iste’mol qilish holatlari tobora ko‘payib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi katta inspektori Muhammadqodir Mahmudov giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanishi va yoshlar orasida tarqalishi holatlari haqida so‘zlab berdi:

– Narkotiklar ta’siriga bilib-bilmay tushib qolgan yoshlar hayoti, kelajagi barchani birday o‘ylantiradi, albatta. Bunday tubsiz jar tomonga borayotganlar nafaqat yaqinlari, balki jamiyat uchun ham zarar keltirishi shubhasiz.

Zamon taraqqiy etgani, texnologiya va internet rivojlanib borgani sayin giyohvandlik vositalari tarqatuvchilar ham savdo ko‘rinishini o‘zgartirib, murakkablashtirib bormoqda. Avval qo‘ldan-qo‘lga o‘tgan og‘u bugun noma’lum lokatsiyalar va noaniq shaxslar tomonidan tarqatilmoqda.

Yurtimizda yashirincha yo‘llar bilan ochilgan narkolaboratoriyalarda minglab zahri qotil dozalarini yaratayotganlarni ham, ularga buyurtma berayotganlarni ham aniqlash mushkullashib borayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Shuni ham ta’kidlash joizki, bugun narkotiklarning shakli ham o‘zgarib bormoqda. Avvallari giyohvandlik vositalari tabiiy ko‘rinishda uchragan bo‘lsa, bugungi kunda turli mahsulotlar tarkibida, jumladan, ichimliklar, quvvatlantiruvchi ozuqalar, qahva, shirinliklar va shu kabi mahsulotlar tarkibida uchrayotgani dahshatlidir. Bitta iste’moldayoq o‘ziga qaram qiluvchi vositalar jins, yosh, ijtimoiy qatlam tanlamayapti.

Noqonuniy, yashirin narkolaboratoriyalarda tayyorlanayotgan preparatlar esa yuqoridagilardanda xavfliroqdir. Hattoki, bitta doza iste’moli o‘lim bilan yakun topishi ham mumkin. Raqamlarga nazar solsak, 2024 yil davomida 5 ta, 2025 yil 6 oyida esa 8 ta narkolaboratoriya aniqlangan.

Muammoning yana bir xavfli tomoni – ota-onalar ish va boshqa muammolar bilan bo‘lib, farzandlarining og‘u ta’siriga tushib qolganidan xabarsiz qolmoqda. Sababi, bugungi narkotiklar avvalgisi kabi o‘zini tezda namoyon qilmaydi.

Ilgari “narkoman” deganda, ko‘z osti qoraygan, tomirlarida igna izlari bor odamlar tushunilgan. Hozir esa narkotik iste’mol qilgan yoshlar haddan ortiq serharakat, faol va sergak bo‘lib qoladi. Bu esa ota-onalarni shubhalantirmasligi turgan gap. Boladagi ijobiy o‘zgarish barchani mamnun qilib, uning biror modda iste’mol qilishi mumkinligi hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Ammo bu vaqtincha holat. Vaqt o‘tishi bilan paydo bo‘lgan og‘riqlar, azoblar va ruhiyatdagi keskin o‘zgarish ayrim yoshlarni suitsidga boshlayotgani ayanchlidir.

Giyohvandlik vositalarining iste’moli ortgani sari narkojinoyatlar soni ham oshib bormoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarining sa’y-harakati natijasida joriy yilda aniqlangan narkojinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga oshgan.

Narkotiklarni sotishni kasb qilganlar narkokurer sifatida talabalarni tanlayotgani kuzatilmoqda. Oliy o‘quv yurtiga qabul qilingan va kelajakda bir kasbning egasi bo‘lishi kutilayotgan yoshlarning boshi berk ko‘chaga kirayotgani ularning hayotini salbiy tomonga o‘zgartirayotgani dolzarb muammodir. Joriy yil 6 oyida 46 nafar oliy o‘quv yurti talabasi narkojinoyatlarning oldi-sotdisiga aralashib qolgani shuni ko‘rsatib turibdi.

Xulosa qilib aytganda, giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanish ham, unga qaramlikning oqibati ham ayanchlidir. Shu sababli, har birimiz, ayniqsa, ota-onalarimiz ogoh bo‘lishi, farzandlariga befarq bo‘lmasligi maqsadga muvofiq.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Farg‘onada transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi

Published

on


Guruh a’zolari Dang‘ara tumani hududida dala maydoniga ko‘mib qo‘yilgan 4 kg opiy giyohvand moddasini olayotganda ushlangan. Narkoguruh a’zolari Tojikiston va Qirg‘izistonda ham faoliyat yuritishi aniqlangan. 

Farg‘ona viloyatida transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Qo‘qon-Toshkent” avtoyo‘lining Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l chetidagi dala maydoniga ko‘mib yashirilgan giyohvand vositalarini olayotgan 3 nafar shaxs ushlangan.  

Qo‘lga olinganlardan biri oldin ham giyohvand modda savdosi bilan jinoiy jazoga tortilgan 28 yoshli ayol, uning sheriklari 1974 va 1989 yilda tug‘ilgan shaxslar ekani ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari ekani, Tojikiston va Qirg‘izistonda ham ushbu guruh a’zolari faoliyat yuritishi aniqlangan. Tadbir davomida jami 4 kg opiy giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Qayd etilishicha, hozirda jinoiy guruhning qolgan a’zolarini qo‘lga olish maqsadida tezkor tadbir davom ettirilmoqda. 

Oldinroq bir necha yildan buyon Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyati va Toshkent shahriida giyohvand vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari ushlangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismida transport harakati qisman cheklanadi

Published

on


2025 yil 8 oktyabrdan 20 oktyabr kunigacha transport harakati qisman cheklanishi ma’lum qilindi.

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlari hududidan o‘tuvchi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi (Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yo‘ligacha), Jasorat ko‘chasi va Do‘stlik ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi.

Bu yerda avtomobil yo‘lining yuqori qatlamiga PShMA-20 turdagi asfalt-beton qoplamasi yotqiziladi.

Shu munosabat bilan 2025 yil 8 oktyabrdan 20 oktyabr kunigacha bu ko‘chalarda transport harakati qisman cheklanishi ma’lum qilindi.

Haydovchilardan bir birini hurmat qilgan holda yo‘lda harakatlanish so‘ralgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.