Connect with us

Jamiyat

Qo‘qondagi uyda yong‘in sabab bir kishi vafot etdi

Published

on


Qo‘qondagi uyda yong‘in sabab bir kishi vafot etdi. 

16-fevral kuni Qo‘qon shahar,«Muqimiy» ko‘chasida ko‘p qavatli uy yonayotganligi to‘g‘risida 112 tizimi orqali Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. 

Yong‘in joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in batamom o‘chirildi. 

Yong‘in gaz va havo aralmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lib, 28-uyning 50 kv.m. maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari yongan. 

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan. 

Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Published

on


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 2026 yil 20 mart – juma kuni Ramazon hayiti kuni etib belgilandi.

Shunga ko‘ra Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:50 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:

1. Andijon viloyati 06:40
2. Farg‘ona viloyati 06:40
3. Namangan viloyati 06:40
4. Toshkent shahar 06:50
5. Toshkent viloyati 06:50
6. Sirdaryo viloyati 06:55
7. Jizzax viloyati 07:00
8. Samarqand viloyati 07:00
9. Navoiy viloyati 07:05
10. Buxoro viloyati 07:05
11. Qashqadaryo viloyati 07:05
12. Surxondaryo viloyati 07:05
13. Xorazm viloyati 07:25
14. Qoraqalpog‘iston Res. 07:30



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident qo‘shaloq bayram munosabati bilan 392 nafar mahkumni afv etdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarni namoyon etgan holda hamda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 82 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 53 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 3 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini ayol, 14 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 166 nafarini yoshlar hamda 24 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent viloyati tog‘larida adashgan fuqaro qutqarib qolindi

Published

on


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chinorkent tog‘larida adashib qolgan fuqaroga qutqaruvchilar yordam ko‘rsatdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan xabar Toshkent viloyati FVBBga «112» qisqa raqami orqali kelib tushgan. Unga ko‘ra, tog‘ hududida bir erkak adashib qolgani va qutqaruvchilar ko‘magi zarurligi bildirilgan.

Shundan so‘ng, zudlik bilan aytilgan manzilga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining qidiruv-qutqaruv guruhi yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan adashib qolgan fuqaro topilib, muvaffaqiyatli ravishda xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan ushlandi

Published

on


Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga 2019 yilda shahar hokimligi tomonidan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur pul mablag‘i shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berilishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, u ham ushbu mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolarni kundalik hayotda shunday qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda, idoraning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi. Qayd etilishicha, murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda

Published

on


«Malika» bozori yaqinidagi vaziyat muammo faqat bitta bekat joylashuvi bilan cheklanmasligini ko‘rsatmoqda. Ushbu hududda yuqori intensivlikdagi transport oqimi, jamoat transporti harakati, piyodalar qatnovi, to‘xtash joylari va bozorga kirish yo‘llari bir nuqtada kesishmoqda.

Foto: Yo‘l harakatini tashkil etish markazi

Shu munosabat bilan, harakatlanish sxemasini to‘liq qayta ko‘rib chiqmasdan amalga oshiriladigan har qanday qisman yechim, jumladan faqat bekatni ko‘chirish, kutilgan samarani bermasligi, aksincha vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari mazkur hududda harakatni tashkil etishning bir nechta variantlari ustida ish olib bormoqda. Xususan, chorraha geometriyasi va yo‘laklarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati tahlil qilinmoqda, svetofor boshqaruvi tizimi samaradorligi baholanmoqda, yo‘l qismidan amaldagi foydalanish holati, jumladan, to‘xtash joylari hisobga olinmoqda. Shuningdek, turli yechimlarning transport va piyodalar oqimiga ta’siri ham modellashtirilmoqda.

Kompleks yondashuv doirasida bekatlar joylashuvini o‘zgartirish ehtimoli, harakatlanish sxemasini tuzatish, svetoforlar ishini optimallashtirish hamda to‘xtash joylarini tartibga solish kabi choralar ko‘rib chiqilyapti.

Qayd etilishicha, asosiy maqsad haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun yangi ziddiyatlar keltirib chiqarmasdan harakatni yaxshilashdan iborat.

Ayni paytda mazkur hudud uchun chuqur tahlillarga asoslangan yechim variantlaridan biri tayyorlangan bo‘lib, u transport tugunidagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan yondashuvni namoyon etadi. Shu bilan birga, qaror qabul qilishda aholi fikri muhim omil sifatida qaralayotgani, fuqarolardan konstruktiv taklif va mulohazalar kutilayotgani bildirildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.