Jamiyat

Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga tashrifi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Telegram / SShMirziyoyeva

Mirziyoyevaning qayd etishicha, ular Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qilishgan.

“Bu — inson irodasi va o‘zlikni anglash yo‘li haqidagi biz uchun ham qadrdon, sevimli asardir.

Rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlanishi bilan teatr hayoti yana jonlandi: bu yerda spektakllar namoyish etilyapti, bolalarning quvnoq ovozlari yangrayapti, ota-onalar farzandlari bilan jam bo‘lyapti. Ushbu maskanning tarixiy qiyofasi, o‘ziga xos ruhi avaylab saqlab qolingan: “Ertaklar shaharchasi”, zalning cho‘yan eshiklari, karnay chalayotgan sozandalar siymosi, noyob shisha plafonlar, peshtoq kompozitsiyalari va mozaikalar qayta tiklandi.

Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega. Zero, qo‘g‘irchoq bolalar bilan muloqotda hamisha eng yaxshi vositachi bo‘lib qoladi va ular tushunadigan tilda erkinlik, mas’uliyat, matonat, do‘stlik kabi muhim tushunchalar haqida so‘zlashishga yordam beradi”, deb yozdi u o‘z Telegram kanalida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version