Jamiyat

Qirg‘iziston bilan «Keskanyor» chegara posti ochiladi

Published

on


Prezident ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Andijon viloyatining transport va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ham qator yirik loyihalar belgilandi.

Jumladan, Qirg‘iziston bilan «Keskanyor» chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. Yangi post amaldagi «Do‘stlik» postiga nisbatan ikki barobar katta bo‘lishi rejalashtirilgan. Uch oy ichida uning loyihasini ishlab chiqib, qurilish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi. Bu yuk tashish hajmini 2–3 barobar oshirish, yetkazib berish muddatini esa bir haftaga qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda.

Shuningdek, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li orqali yuk tashish hajmini 10 barobar oshirib, yiliga 15 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar Qo‘rg‘ontepa va Xonoboddagi 300 gektar maydonda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasini boshlash topshirildi.

fYangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometrlik «Xonobod – Andijon» pulli avtomobil yo‘lini loyihalash ishlari ham boshlanadi.

Bundan tashqari, sentyabr oyidan «Toshkent – Andijon» tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 6 soatdan 4 soatgacha qisqargan. Kelgusi yil esa «Toshkent – Andijon» pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanishi rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version