Jamiyat

Qator hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Published

on


2026-yil 5–9 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Jumladan:


Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan esa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version