Jamiyat

Qashqadaryo viloyatining «Qaynar» va «Bashir» qishloqlariga rasman «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi

Published

on


Joriy yilning 29 may kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joylashgan «Qaynar» va «Bashir» qishloqlariga «Turizm qishlog‘i» maqomini tasdiqlovchi sertifikatlar Turizm qo‘mitasi tomonidan qishloq aholisiga tantanali tarzda topshirildi.

Marosimda Turizm qo‘mitasi, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, mahalliy keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar. Shuningdek, ichki turizm sohasida faoliyat yuritayotgan turoperatorlar, turagentlar, mehmonxonalar, xostellar, mehmon uylari egalari va boshqa turizm sohasi vakillari ham marosimga taklif etildi.

Tadbir doirasida mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan milliy hunarmandchilik buyumlar ko‘rgazmasi va mehmonlarga taqdim etilgan o‘zbek milliy taomlari barchada katta taassurot qoldirdi. Qolaversa, Kitob tuman madaniyat bo‘limi ijodkorlari hamda folklor jamoalarining sahna chiqishlari mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Mahalliy ohanglar, qadimiy raqslar va kuy-qo‘shiqlar tadbirga milliy ruh va samimiyat olib keldi. An’anaviy qadriyatlar, mehmondo‘stlik va madaniy boyliklar uyg‘unligidagi ushbu qishloqlar endilikda turistlar uchun yanada jozibador maskanga aylanadi.

«Turizm qishlog‘i» maqomi nafaqat ushbu hududlar obro‘sini oshiradi, balki u yerda yashayotgan aholining bandligini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga ham xizmat qiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version