Dunyodan
Qamchibek Tashiyevga nisbatan ikkita jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tasiyev mamlakatga qaytib keldi va hozirda IIV Bosh tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinmoqda.
Manbalarga ko’ra, u 17 fevraldan beri mamlakat tashqarisida bo’lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tasiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda.
Hozircha tergov tafsilotlari oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, bu ma’lumot hali rasman tasdiqlanmagan. Huquq-tartibot idoralari hozircha izoh bermagan.