Dunyodan
Prezident Zelenskiy Rossiya yana bir yirik hujumga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga navbatdagi yirik hujumga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kelajakda mamlakat hududiga yana bir “katta zarba” berilishi mumkin.
Prezident Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida jamoatchilikni aviatsiya haqida ogohlantiruvchi belgilarga jiddiy e’tibor berishga va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.
Bu bayonot Rossiya o‘tgan hafta Kiyev viloyatiga yirik hujum uyushtirganidan so‘ng yangradi. Ukraina, hujumda 90 ta raketa va 600 ta uchuvchisiz samolyotdan foydalanilganini aytdi. Rossiya “Oreshnik” nomli o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani ham qo‘llagani aytiladi. Raketa yadroviy o‘q-dorilarni tashishga qodir ekanligi aytilmoqda.
“Oleshnik” raketalari ilk bor 2024-yilda Dnepr shahriga qilingan hujumda qo‘llanilgan, keyinchalik uning qo‘llanilishi Yevropa davlatlari rahbarlari tomonidan qattiq tanqid qilingan edi.
Ayni paytda prezident Zelenskiy G‘arb davlatlarini, xususan, Qo‘shma Shtatlarni Ukraina havo mudofaasi uchun qo‘shimcha Patriot tizimlari va raketalar bilan ta’minlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, “Raketa zaxiralari bo’lmagan Patriot artilleriya batareyalari” mamlakatning eng jiddiy muammolaridan biriga aylandi.
Maʼlumotlarga koʻra, Ukraina rahbari AQSh prezidenti Donald Trampga qoʻshimcha oʻq-dorilar ajratish boʻyicha maxsus maktub yoʻllagan.