Dunyodan

Prezident Trampning Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishi 19 fevralga belgilangan.

Published

on


Oq uy 19-fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Axios diplomatik manbalar va AQSh rasmiylariga tayanib.

Nashrning yozishicha, konferensiya rejalari hali dastlabki bosqichda va o‘zgarishi mumkin. Uchrashuv Vashingtondagi AQSh Tinchlik instituti binosida o’tkazilishi kutilmoqda. Institut 2025-yil dekabr oyida rasman Donald Tramp Tinchlik Instituti nomini oldi.

Tramp maʼmuriyati uchrashuvdan nafaqat Gʻazo sektorini qayta qurish uchun mablagʻ yigʻish, balki oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha 2-bosqich kelishuvini tezlashtirish uchun ham foydalanishga umid qilmoqda.

Tinchlik kengashi dastlab prezident Trampning tinchlik rejasi doirasida G‘azo sektorining kelajagi haqida qaror qabul qilish uchun tuzilgan edi. Keyinchalik, AQSh prezidenti ushbu institutdan butun dunyo bo’ylab turli mintaqaviy kelishmovchiliklarni hal qilish uchun foydalanish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Kengash nizomiga ko‘ra, Donald Tramp kengashning almashtirib bo‘lmaydigan raisi hisoblanadi va faqat o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishi mumkin. Tinchlik kengashida boshqa davlatlar rahbarlariga faqat AQSh prezidenti taklifiga binoan qatnashishlari mumkin.

Yevropa Ittifoqining aksariyat yirik va nufuzli davlatlari tashabbusda ishtirok etishdan bosh tortgani xabar qilingandi. Shu bilan birga, Prezident Trampning taklifi Isroil, Vengriya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa ko‘plab davlatlar tomonidan qabul qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version