Dunyodan
Prezident Tramp Zelenskiyni Putin bilan adashtirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) sammiti doirasida u bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan adashtirib yubordi.
Voqea jurnalist bilan suhbat chog‘ida sodir bo‘lgan. “Prezident Putinga savollar berishingiz mumkin”, dedi Tramp OAVga Zelenskiyga ishora qilib. Jurnalistlardan biri xatoni tuzatgach, tomoshabinlar kulib yuborishdi. Prezident Zelenskiy vaziyatga tabassum bilan javob berdi.
Bu Prezident Trampning tadbir davomida qilgan yagona og’zaki xatosi emas edi. “Patriot” havo hujumidan mudofaa tizimi haqidagi savolga javob berar ekan, Yaponiyani yanglishib “Islom respublikasi” deb atagan.
Tramp avval ham shunday xatolarga yo‘l qo‘ygani ma’lum. Avvalroq, u Ukraina harbiy-dengiz kuchlari haqida gapirar ekan, aslida Eron haqidagi ma’lumotlarni Ukrainaga sizdirgan edi.