Dunyodan
Prezident Tramp va Bosh vazir Netanyaxu yopiq eshiklar ortida uch soat uchrashdi
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Ularning suhbati taxminan uch soat davom etdi. CNN telekanalida e’lon qilindi.
Aniqlanishicha, Isroil bosh vaziri Oq uyga jurnalistlar kutib turgan asosiy kirish yo‘li orqali kirmagan. Uchrashuvdan oldin ham, keyin ham matbuot bilan an’anaviy muloqot o‘tkazilmagan.
Prezident Tramp bilan uchrashuvi oldidan Bosh vazir Netanyaxu AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi va Isroilning Tinchlik kengashiga a’zo bo‘lishi haqidagi kelishuvni imzoladi.
Uchrashuv yakunida prezident Tramp oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida Isroil bosh vaziri bilan Eron boʻyicha yakuniy qarorga kela olmaganini yozdi.