Dunyodan
Prezident Tramp NUJ va “o‘zga sayyoraliklar” haqidagi hujjatlarni e’lon qilmoqchi.
Prezident Donald Tramp NUJlar va yerdan tashqaridagi hayot haqidagi hukumat hujjatlarini e’lon qilishga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon va boshqa idoralarga “o‘zga sayyoraliklar va yerdan tashqaridagi hayot” bilan bog‘liq materiallarni bosqichma-bosqich chiqarishga yo‘naltiriladi.
Prezident Tramp ijtimoiy tarmoqdagi “Truth” sahifasida potentsial maxfiylik masalasi “juda murakkab, ammo juda qiziqarli va muhim” ekanini aytdi. U o’z qarorini katta qiziqish bilan izohladi.
15-fevral kuni prezident Barak Obama intervyuda “qaerdadir hayot borligi ehtimoli kuchli”, dedi. U hazillashib, prezident bo‘lgan davrida “yerdan tashqari sivilizatsiyalar biz bilan aloqada bo‘lganligi haqida hech qanday dalil ko‘rmaganini” qo‘shimcha qildi.
19-fevral kuni prezident Tramp jurnalistlar bilan suhbatda prezident Obamani “maxfiy ma’lumotni sizdirish”da aybladi, vaholanki, prezident Obama avvalroq koinot ulkan bo‘lgani uchun boshqa joylarda ham hayot mavjud bo‘lish ehtimoli yuqori, degan umumiy fikrni bildirgan edi.
“U buni maxfiy ma’lumotlardan olgan… U bu haqda gapirishga hojat yo‘q edi”, — dedi Tramp.
Hozircha Pentagon va boshqa davlat idoralari hujjatlar qachon va qanday e’lon qilinishi haqida ma’lumot bermagan.