Dunyodan
Prezident Tramp Eronga “muhim zarba” berish sanasini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron ko‘priklari va energetika inshootlariga hujum qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa va Hormuz bo‘g‘ozini ochmasa, ikki kun ichida hujum uyushtirilishi mumkin.
Seshanba kuni Eronda “Elektr stantsiyalari kuni” va “Ko’prik kuni” bo’ladi”, deb yozdi u Truth Social sahifasida. “Bo’g’ozlarni oching, aks holda men do’zax eshiklarini ochaman”.
Bir kun avval prezident Donald Tramp yaqin 48 soat ichida tinchlik kelishuviga erishilmasa, Eronni “do‘zaxga” yuborish bilan tahdid qilgan edi. Reuters agentligiga ko‘ra, Isroil ham Eron energetika obyektlariga hujumlar tayyorlamoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp kasalxonaga yotqizilgani haqida xabarlar bor edi.