Dunyodan

Prezident Tramp: “AQSh va Eron kelishuvga erishadi”

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi Xamanaiyning o‘limiga sabab bo‘lgan harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli deb atadi. Uning aytishicha, Vashington Eron bilan kelishuvga erisha oladi.

“Ochig‘i, hozir bu o‘sha vaqtdagiga qaraganda osonroq, chunki ular (eronliklar) og‘ir mag‘lubiyatga uchradi”, — dedi Tramp CBS News telekanaliga bergan intervyusida.

Prezident shanba kungi hujumni “bu mamlakat va butun dunyo uchun ajoyib kun” deb atadi.

Prezident Donald Tramp Eronning harbiy amaliyotga munosabatini diqqat bilan kuzatishda davom etishini aytdi. “Biz buni kutgandik”, dedi prezident. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eronning javob zarbalari hozircha AQSh va uning ittifoqchilari kutganidan ham kuchsizroq bo‘lgan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, Erondagi amaliyot chog‘ida amerikalik askarlarning halok bo‘lgani yoki yaralangani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Isroilda javob hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Abu-Dabida bir kishi halok bo‘ldi. Qizil yarim oy jamiyati Erondagi hujumda 200 dan ortiq odam halok bo’lganini ma’lum qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version