Jamiyat

Prezident pedofil-retsidivistlar uchun umrbod qamoq jazosi kiritilayotganiga izoh berdi

Published

on


“Ayollar va bolalarga qo‘l ko‘taradigan odam endi yo O‘zbekistondan ko‘chib ketadi, yo qonun asosida yashashga majbur bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xotin-qizlar kuni arafasida tashkil etilgan tadbirda ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha kuni kecha imzolagan farmoni haqida gapirdi.

“Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish uchun o‘zimizga strategik vazifa qabul qildik. Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim: endi xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boriladi.


U farmonni o‘qigan odam tushunadi: bu – juda katta, ongni o‘zgartiradigan farmon. Adolat o‘rnatadigan farmon. Ayollarga tazyiq ko‘rsatib, qo‘l ko‘targan, yoshlarga qo‘l ko‘targan – endi O‘zbekistondan yo ko‘chib ketadi, yo majbur bo‘ladi qonun asosida yashashga. O‘qigan bo‘lsalaring, [muayyan holatlarda pedofiliya jinoyatlari uchun jazo] umrbod deb yozib qo‘ydim. Yuristlar qarshi bo‘ldi, lekin men o‘zbek millatida bu bo‘lishi mumkin emas, ko‘p millatli xalqimizga, Yangi O‘zbekistonga yarashmaydi deb, [umrbod jazoni] yozib qo‘ydim”, – dedi davlat rahbari.

3 mart kungi farmonga asosan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar quyidagi ikkita jinoyat: 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomiga tegish yoki 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlaridan birini sodir etgan taqdirda, umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo tayinlanishi mumkin.

Tegishli qonun 3 oy ichida ishlab chiqilishi kerak. Pedofil-retsidivistlar uchun kuchaytirilgan sanksiyalar – qonun qabul qilinib, kuchga kirganidan keyin amal qila boshlaydi.

Video:



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version