Jamiyat

Poytaxtda chegaradan noqonuniy o‘tkazilgan kuchli dorilar aniqlandi

Published

on


Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida davlat chegarasi orqali noqonuniy olib kirilgan, umumiy qiymati 1,5 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi “Pregabalin” moddalari hamda sifat sertifikatisiz ko‘p miqdorda dori vositalari aniqlandi.

DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Davlat chegarasi orqali giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida IJQK departamenti va bojxona idoralari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Avvaldan kuzatuvga olingan, 1994 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan shaxsning Toshkent shahrida ijara asosida yashab kelayotgan xonadonida chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan psixotrop moddalarni saqlanayotgani haqida ma’lumot olingan.

Xolislar ishtirokida xonadon ko‘zdan kechirilganda, taxminiy qiymati 1,5 mlrd so‘mlik 15 330 dona “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddalari borligi aniqlandi. Shuningdek, mazkur xonadon yotoqxonasida saqlanayotgan umumiy qiymati 100 mln so‘mlik, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan 3 xil turdagi 2 872 dona tibbiy dori vositalari, qutilar va yo‘riqnomalar topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

O‘tkazilgan dastlabki so‘rovda, ushbu shaxs mazkur dorilarni Hindistondan mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirgani hamda poytaxtdagi mijozlarga sotishni rejalashtirganini ma’lum qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version