Dunyodan
Pentagon Kongressdan Eron urushi uchun 200 milliard dollardan ko’proq pul so’ramoqchi
Pentagon Oq uy orqali Kongressga Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni davom ettirish uchun 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratish so‘rovini taklif qildi. Bu haqda Washington Post rasmiysi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, bu mablagʻ 28-fevralda boshlangan urushni moliyalashtirish va qurol ishlab chiqarishni koʻpaytirishga sarflanadi.
Biroq, Oq uy rasmiylarining hammasi ham bu harakatni qo’llab-quvvatlamaydi. Ayrim rasmiylarning aytishicha, bunday katta summani Kongress tasdiqlab olish qiyin bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar urushning dastlabki olti kunida 11,3 milliard dollar, dastlabki ikki haftada esa 12 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagani aytilgandi.
Yangi so’rovlar bu xarajatlardan bir necha baravar ko’p bo’ladi. Shunga qaramay, AQSh rasmiylari avvalroq ularning qurol-yarog‘ zaxirasi yetarli va qo‘shimcha mablag‘ kerak emasligini aytgan.
Pentagonning yangi tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, urush xarajatlari kutilganidan yuqori, bu esa Qo’shma Shtatlarda siyosiy munozaralarni keltirib chiqarishi mumkin.