Jamiyat

Pensiya miqdorini oshirish haqidagi soxta takliflar bo‘yicha fuqarolar ogohlantirildi

Published

on


Hududlarda ayrim shaxslar “pensiyangizni oshirib beramiz” degan yolg‘on va’dalar bilan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini talab qilib, pul undirishga urinayotgani aniqlandi. Vakolatli idoralar aholini hushyorlikka chaqirdi va bu kabi holatlar haqida darhol xabardor qilishni so‘radi.

Rasmiy tushuntirishga ko‘ra, pensiya miqdorini oshirish yoki qayta hisoblash faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari orqali amalga oshiriladi. Jamg‘arma xodimlari ko‘chada, uyma-uy yurib yoki telefon orqali “pensiya oshirish” xizmatini taklif etmaydi.

Eslatma (fuqarolar uchun):


begona shaxslarga pasport ma’lumotlari, bank kartasi ma’lumotlari va JShShIR (PINFL) raqamini bermang;
internet/telefon orqali “pensiya oshirish”ga doir har qanday taklif — ishonchsiz;
pensiyani qayta hisoblash uchun faҡat rasmiy bo‘limga shaxsan murojaat qiling.


Shikoyat va tezkor aloqa: 1271 — Pensiya jamg‘armasining ishonch telefoni. 102 — ichki ishlar organlari.

Firibgarlik alomatlari kuzatilsa, ma’lumotni darhol ushbu raqamlar orqali yetkazing. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version