Iqtisodiyot
payme’dagi «Keyinroq to‘lash» xizmati nima va u qachon kerak bo‘lishi mumkin?
Ba’zida xarid yoki xizmat uchun hoziroq to‘lov qilish kerak bo‘ladi, lekin mablag‘ biroz keyinroq tushishi aniq. Shunday vaziyatlar uchun payme ilovasida “Keyinroq to‘lash” xizmati mavjud. U qanday ishlashi va qaysi paytlarda asqotishini tushuntiramiz.
Bu qanday xizmat?
“Keyinroq to‘lash” — bu payme ilovasidagi xizmat bo‘lib, u to‘lov vaqtida kartangizda mablag‘ bo‘lmasa ham to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.
Xarid haqi darhol to‘lanadi. Sarflangan summani 10 kun ichida qaytarish lozim. Agar ushbu muddatga amal qilinsa, to‘lov summasi oshmaydi. 11-kundan boshlab esa to‘lov summasidan kelib chiqib, xizmat uchun haq hisoblanadi.
Eng muhimi, qo‘shimcha sozlamalarni amalga oshirish shart emas. To‘lov paytida shunchaki “Keyinroq to‘lash” tugmasini bosish kifoya — to‘lov darhol o‘tadi, ilovada esa qaytarilishi kerak bo‘lgan summa va muddat ko‘rinib turadi.
Bu qachon qulay bo‘lishi mumkin:
Kutilmagan vaziyatlar. Masalan, oylik kechiksa yoki karta vaqtincha ishlamay qolsayu, xaridni aynan hozir amalga oshirish kerak bo‘lsa. Hech kimdan qarz so‘rab o‘tirmasdan, “Keyinroq to‘lash” xizmatidan foydalanib to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Hamma pullar naqd bo‘lganda. Internet, mobil aloqa yoki TV uchun to‘lov qilish kerak, ammo kartada pul yo‘q. Bunday holda ushbu xizmat orqali to‘lov qilsa bo‘ladi.
Kutilmagan xarajatlar. Kafedagi hisob kutilganidan ko‘proq chiqsa yoki do‘stlar bilan uchrashuvga to‘satdan taklif tushib qolsa, servis orqali to‘lov qilib, mablag‘ni keyinroq qaytarish mumkin.
Ushbu xizmat hamkor — “TBC BNPL” ” MChJ tomonidan taqdim etiladi. Xizmat haqida batafsil ma’lumot bilan payme saytida tanishish mumkin.