Iqtisodiyot
payme pul o‘tkazmalari uchun maxsus komissiyali aksiyalarni yo‘lga qo‘ymoqda
15 iyuldan boshlab payme ilovasida kundalik pul o‘tkazmalarini yanada moslashuvchan va ba’zi holatlarda yanada foydaliroq qiladigan yangi takliflar ishga tushadi. Hech qanday promokod yoki sozlamalarsiz. Hammasi avtomatik tarzda ishlaydi. Ishtirokchilar esa tizim tomonidan, operatsiyalar tarixiga asoslanib, tasodifiy tanlab olinadi.
Bu takliflar — payme moliyaviy xizmatlarni qulay va foydalanuvchilarga yaqin qilishga intilishning bir qismi bo‘lib, pul o‘tkazmalarini muntazam amalga oshiradiganlar uchun ham, vaqti-vaqti bilan foydalanadiganlar uchun ham birdek foydali.
Muayyan kunlarda maxsus komissiyalar
Ba’zi foydalanuvchilarga ayrim kunlarda pul o‘tkazmalari uchun komissiya 0,6% dan 0,9% gacha pasaytirilgan holda taklif qilinishi mumkin. Ilova bunday takliflar haqida o‘zi xabar beradi. Bu esa kerakli paytda yoqimli bonus bo‘lishi mumkin.
Maxsus sanalarda individual takliflar
Ayrim foydalanuvchilarga ma’lum kunlarda 0,6% – 0,9% gacha pasaytirilgan komissiya taklif qilinadi. Bu payme’dan foydalanishni yanada yoqimliroq qilishning bir usuli – shunchaki yoningizda bo‘lish muhimligi uchun.
Faollikka asoslangan shartlar
Ba’zi foydalanuvchilarga ularning ilovadagi faolligiga qarab 0,6% dan 0,9% gacha bo‘lgan, odatdagidan past komissiyalar taklif qilinishi mumkin. Shartlar avtomatik tarzda shakllanadi va ma’lum muddat davomida amal qiladi.
Kichik o‘tkazmalar uchun minimal komissiyalar
Ayrim hollarda kichik miqdordagi o‘tkazmalar uchun oldindan belgilangan minimal komissiya qo‘llanilishi mumkin — masalan, 5 so‘mdan 1000 so‘mgacha. Bu ayniqsa kichik summalarni o‘tkazishda ahamiyatli. Ba’zi holatlarda ushbu komissiya standart foizlik tarifdan yuqori bo‘lishi mumkin. Ammo u har doim o‘tkazmani tasdiqlashdan oldin ko‘rsatiladi.
Muhim: barcha shartlar individual tarzda qo‘llaniladi va foydalanuvchi, vaqt hamda operatsiya turiga qarab farq qilishi mumkin. Yakuniy komissiya har doim pul o‘tkazmasini yuborishdan oldin ko‘rsatiladi.
Batafsil ma’lumot — payme.uz saytida.
Iqtisodiyot
Ta’limda sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari qariyb 8 mingga yetdi
2026-yil 1-fevral holatida O‘zbekistonda ta’lim sohasida 7 975 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 2 mingtaga yoki 35,3 foizga oshgan. Yillar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘lgan:
2022 yil – 6 130 ta;
2023 yil – 7 295 ta;
2024 yil – 6 504 ta;
2025 yil – 5 965 ta;
2026 yil – 7 975 ta.
Bundan tashqari, 2026-yil yanvarda ta’lim xizmatlari hajmi qariyb 3,3 trln so‘mni tashkil etib, 2025-yilga nisbatan 22,8 foizga o‘sdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda jami 419 mingta tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiyot
Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga chiqishiga tayyorlanmoqda
Amerikalik rasmiylar AQSh barcha kutilmagan ssenariylarga, jumladan, Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq cho‘zilishiga tayyor bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchi.
Donald Tramp ma’muriyati rasmiylari neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha chiqadigan bo‘lsa, iqtisodiyot qay ahvolga tushishini o‘rganmoqda, deb xabar berdi Bloomberg vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalariga tayanib.
Nashr suhbatdoshlari keskinlik davrida neft narxi keskin ko‘tarilishi sharoitidagi iqtisodiyotni modellashtirish muntazam ravishda o‘tkazilishi va bu prognoz hisoblanmasligini qayd etishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali ma’muriyat mamlakat barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor turishiga ishonch hosil qilmoqchi.
Yaqin Sharqdagi urush boshlanishidan oldin ham moliya vaziri Skott Bessent ehtimoliy mojaro neft narxi oshishiga olib kelishi borasida xavotir bildirgandi, deyishmoqda manbalar. Ular vazirlik xodimlari bir necha hafta mobaynida o‘z xavotirlarini Oq uyga bildirib kelishganini qo‘shimcha qilishgan.
Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Kush Desai esa ma’muriyat har doim turli ssenariylar va iqtisodiy oqibatlarni baholasa-da, neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha ko‘tarilishi ehtimolini ko‘rib chiqmasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bessent «Epik g‘azab» amaliyotini o‘tkazish natijasida yuzaga kelgan qisqa muddatli tebranishlardan «tashvishga tushmagan».
Bloomberg agentligi qayd etishicha, bir necha oy ichida neft narxi bir barrel uchun 170 dollarga ko‘tarilishi ham AQSh va Yevropada inflatsiyani tezlashtiradi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, bir barrel uchun 200 dollarlik narx esa «jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir zarba»ga aylanadi. AQShda allaqachon benzin uchun narxlar 30 foizga oshgani sezilarli ta’sirga aylandi.
Iqtisodiyot
P2P-o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha talab bekor qilindi(mi?)
Mart oyi boshidan beri qator to‘lov tashkilotlari va bank mobil ilovalarida kartalar o‘rtasida pul o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talabi joriy etilgandi. Ushbu majburiyat bekor qilingani aytilyapti. Markaziy bank axborot xizmati Kun.uz’ga bu talab boshidanoq ixtiyoriy bo‘lganini ma’lum qildi. Ammo regulyatorning 17 fevralda banklar va to‘lov tashkilotlariga yuborgan xatida sanksiyalar qo‘llanishiga oid bandlar bor edi.
25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank P2P maqsadini ko‘rsatishga oid talabni bekor qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Markaziy bank matbuot xizmati Kun.uz’ga: “majburiy bo‘lmagan narsani boshidan bekor qilib bo‘lmaydi; ixtiyoriy edi — bu masala noto‘g‘ri talqin qilingan”, deya javob berdi. Shuningdek, regulyator 5 martdayoq P2P maqsadini ko‘rsatish ixtiyoriyligi haqida rasman ma’lum qilgani eslatib o‘tildi.
17 fevralda Markaziy bank tomonidan banklar va to‘lov tashkilotlariga yuborilgan xatda o‘tkazma maqsadini ko‘rsatish majburiy talab ekani va 1 martga qadar ko‘rsatma ijro etilmasa, sanksiyalar qo‘llanishi nazarda tutilgandi.
Jamoatchilik bosimidan keyin, 5 mart kuni Markaziy bank axborot xizmati jarayonning “texnik” ekanligini bildirib, kiritilgan 16 ta to‘lov maqsadi parametrlari esa namunaviyligi, bank yoki to‘lov tashkiloti o‘z mobil ilovasi arxitekturasidan kelib chiqqan holda uni ixtiyoriy belgilashi mumkinligini qayd etgandi.
Kun.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, bir qator to‘lov tashkilotlari va banklar 5 martdagi bayonotdan keyin Markaziy bankka murojaat qilib, P2P maqsadini ko‘rsatish talabi borasida so‘ragan. Regulyator “biz ixtiyoriy deb aytdik, kiritsangiz ham, kiritmasangiz ham bo‘ladi” deya javob bergan. Shundan keyin tarmoqlarda bu talab bekor bo‘libdi, degan gaplar tarqalgan.
Avvalroq, Kun.uz suhbatlashgan bank-moliya sohasi mutaxassislari P2P maqsadini ko‘rsatishni kartadan o‘tkazmalar nazoratiga oid yangi urinish deb baholagandi — ular agar maqsad iqtisodiyotni “oqartirish” bo‘lsa, kartadan kartaga o‘tkazmalarni ommalashtirish kerak, deya fikr bildirgand
Iqtisodiyot
Markaziy bank 11 ta tijorat bankini jarimaga tortdi
Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi. Shuningdek, 14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning fevral oyidagi yig‘ilishlarda 43 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, deya xabar berdi regulyator axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rib chiqilgan masalalarning 30 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, 3 ta holatda kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 1 ta kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish, 6 ta banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish, 5 ta mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, 1 ta to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish, shuningdek, 14 ta tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 13 ta masala ham ko‘rib chiqilgan. Ularda Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etish hamda tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini «tartibga solish qumdoni» doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi.
14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti prudensial normativ talablarga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 8 ta bank bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytirish va makroprudensial buferlar shakllantirishni ta’minlash maqsadida aksiyadorlarga oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi.
Iqtisodiyot
Rossiyadan naqd rubl olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etildi
Rossiya prezidenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarga naqd valuta va oltin olib chiqish qoidalarini yanada kuchaytiruvchi farmonni imzoladi. Biznes vakillariga naqd pulni faqat xalqaro aeroportlar orqali olib chiqishga ruxsat beriladi.
Foto: Nikolay Gyngazov / Global Look Press
2026 yil 1 apreldan boshlab jismoniy shaxslar Rossiyadan YeOII Bojxona ittifoqiga a’zo davlatlar — Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 100 ming dollardan ortiq summaga teng naqd rublni olib chiqishi mumkin bo‘lmaydi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 mart, chorshanba kuni imzoladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun esa naqd pulni poyezd yoki avtomobil orqali olib chiqish taqiqi summa miqdoridan qat’i nazar amal qiladi. Ular naqd rublni faqat Rossiyaning xalqaro aeroportlari orqali olib chiqishi mumkin bo‘ladi.
1 apreldan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar mablag‘larning kelib chiqishini bank hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘chirmalar bilan tasdiqlashi va ularning xorijda qanday maqsadlarda ishlatilishini ko‘rsatgan holda deklaratsiya to‘ldirishi shart bo‘ladi.
Prezident farmoni, shuningdek, Rossiyadan 100 grammdan og‘ir oltin quymalarini olib chiqishga nisbatan ham cheklovlar joriy qiladi.
2026 yil 1 maydan boshlab YeOII davlatlariga bunday quymalarni yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faqat Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Knevichi aeroportlari orqali, Rossiya Asilmetall va qimmatbaho toshlar nazorati palatasining maxsus ruxsati bilan olib chiqishi mumkin bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar uchun esa yangi cheklovlar nafaqat YeOII davlatlariga, balki boshqa mamlakatlarga nisbatan ham qo‘llanadi.
-
Siyosat3 days agoIslom bank ishi anʼanaviy foizlarga asoslangan modellardan nimasi bilan farq qiladi?
-
Jamiyat2 days agoO‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
-
Dunyodan2 days ago
Prezident Tramp Eronga Hormuz boʻgʻozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi
-
Jamiyat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini hayit bilan tabrikladi
-
Dunyodan2 days ago
Eron tarixidagi eng katta banknotalar muomalaga chiqariladi
-
Jamiyat3 days ago
Namanganda yirik turistik majmua qurilishi boshlandi
-
Jamiyat22 hours ago
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)
-
Iqtisodiyot4 days agoToshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
