Jamiyat

O‘zganing sumkasini aeroportdan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan yo‘lovchi narkotik bilan ushlandi

Published

on


Uning yuklari orasida yeryong‘oq solingan o‘ram ichida 598 dona tabletka ko‘rinishidagi sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Toshkentda o‘zganing sumkasini aeroportdan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan yo‘lovchi sintetik narkotik bilan ushlandi, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi.

Qayd qilinishicha, Istanbul – Toshkent reysi bilan uchib kelgan yo‘lovchining yuklari orasida yeryong‘oq solingan o‘ram ichida 598 dona tabletka ko‘rinishidagi sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi Turkiyada notanish shaxsning sumkasini 35 dollar evaziga Toshkentga olib kelishga rozi bo‘lgan.

Bojxona qo‘mitasi fuqarolarni begonalarning narsalarini chegara-bojxona postlaridan olib o‘tmaslikka chaqirdi.




Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version