Jamiyat
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-fevral oylarida 1 081 612 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan mamlakatlar (top-10):
Qirg‘iziston — 426 421 nafar;
Tojikiston — 179 390 nafar;
Qozog‘iston — 166 017 nafar;
Saudiya Arabistoni — 115 350 nafar;
Rossiya — 62 054 nafar;
Turkiya — 34 634 nafar;
BAA — 26 449 nafar;
Tailand — 10 946 nafar;
Xitoy — 8 890 nafar;
Misr — 8 872 nafar.
Jamiyat
«Ташаббусли бюджет» ғолиблари эълон қилинди
«Ташаббусли бюджет» жараёнининг 2026 йилги 1-мавсуми якунига етди. Иқтисодиёт ва молия вазирлиги 21 март куни ғолиб лойиҳалар рўйхатини эълон қилди.
Ўзбекистон бўйича 1 996 та лойиҳа ғолиб бўлди. Уларни молиялаштиришга 3 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилади. Кўкдала туманидан қўйилган лойиҳа энг кўп овоз йиғди — 13 386 та. Мўйноқ туманидан қўйилган лойиҳа эса атиги 58 та овоз билан ғолиб бўлди.
Маълумот берилишича, республика бўйлаб жами 10 млн 284 мингта овоз берилган ва 3 трлн 5 млрд сўмлик жами 1 996 та (1 980 та анъанавий ҳамда 16 та шериклик) лойиҳа ғолиб деб топилган. Жорий мавсумда бир лойиҳа учун энг юқори қиймат 1 млрд 648 млн сўмни (БҲМнинг 4 000 баравари) ташкил этди.
Ғолиб лойиҳаларнинг асосий йўналишлари:
ички йўлларни таъмирлаш — 868 та
мактабларни таъмирлаш ва моддий-техника базасини ривожлантириш — 566 та
соғлиқни сақлаш муассасаларини таъмирлаш ва моддий-техника базасини ривожлантириш — 163 та
Маълумот учун: бу йилги 1-мавсумга 1 февралда старт берилганди. Лойиҳаларни киритиш 1−20 феврал кунлари, уларни саралаш 21 февралдан 7 мартгача ҳамда тарғибот қилиш 8-10 март кунлари бўлиб ўтган. Овоз бериш босқичи 20 март оқшомида якунланди.
Ғолиб бўлган лойиҳалар билан шу ерда танишишингиз мумкин.
Jamiyat
“Oqsil bilan stomatitning farqiga borishmayapti” – vodiyda qoramollar kasallanishi haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda vodiyning ayrim tumanlarida qoramollar ommaviy kasallanayotgani haqida mish-mish tarqaldi. Veterinariya boshqarmasiga ko‘ra, kuzatilayotgan kasallik chorvadorlar aytayotganidek oqsil (yashur) emas, balki qoramol stomatiti bo‘lib, havo harorati ko‘tarilishi bilan o‘tib ketadi.
Kun.uz muxbiri chorvasi kasallikka chalingan bir nechta xonadonda bo‘lib, rasmiylar bilan suhbatlashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chorvalarni holdan toydirgan kasallik bir necha oy avval boshlangan va bu qo‘shni tumanlarga ham tarqala boshlagan.
Kasallikka chalingan qoramollar holatini o‘rganish jarayonida chorva egalaridan ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi. Aniqrog‘i, ular negadir bu haqda gapirishni xohlamadi.
Veterinariya boshqarmasi mutaxassislari esa kuzatilayotgan kasallik odamlar aytayotgan yashur (oqsil) emas, balki qoramol stomatiti ekanini ma’lum qildi.
“Vahimaga o‘rin yo‘q”
Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasi virusologiya laboratoriyasi mudiri Asqarali G‘oziyev:
— Oqsil kasalligi aksariyat juft tuyoqli hayvonlarda, ya’ni ko‘proq qoramollarda, qo‘y, echki va ohularda kuzatiladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi virus haqiqatan ham juda tez tarqaladi. Asosiy klinik belgilariga keladigan bo‘lsak, albatta, hayvonlarda birinchi navbatda og‘zida, shilliq pardalarida, tillarida, milklarida yaralar hosil bo‘lishi bilan, sigirlarning yelinlari og‘rishi bilan va ayrim holatlarda tuyoqlarining orasida yaralar paydo bo‘lish bilan xarakterlanadi.
Lekin biz ko‘rgan holatlarda oqsil kasalligining alomatlari ko‘rinmayapti. Chunki mana, bir xonadonda, mana shu joyning o‘zida ham qo‘ylar, ham echkilar, ham qoramollar turibdi, klinik belgilari ko‘rildi, hech qanday bu aytilgan kasallikning alomatlari kuzatilmadi. Bir tomonda og‘zidan ko‘pik oqayotgan sigir turibdi, bir tomonda esa qo‘ylar. Qo‘ylarga kasallik tegmagan. Agar tarqagan kasallik haqiqatan ham yashur bo‘lganida, qo‘ylar ham kasallangan bo‘lardi.
Bahorga kelib chorvalarda ozuqa yetishmasligi sababli avitaminoz hosil bo‘ladi. Natijada chorvalarning og‘iz bo‘shlig‘i, tili, milklari shilinib, yaralanish paydo bo‘ladi. Buni oddiy tilda stomatit desa ham bo‘ladi.
Asqarali G‘oziyev
Albatta, chorvadorlar qoramollarining og‘zida yaralar paydo bo‘lishi bilan darhol mutaxassisga murojaat qilishlari kerak. Agar haqiqatan ham yashur kasalligi paydo bo‘lgan holatlarda, mutaxassisga murojaat qilinsa, kerakli chora-tadbirlar ko‘rish mumkin.
Oddiy stomatitlar og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu oddiy usul bilan davolanadi: uy sharoitida oddiy dezinfeksiyalovchi vositalar, rivanol, furatsilin, margansovka, kaliy permanganat rastvori bilan og‘iz bo‘shlig‘ini yuvib xlor tetrasiklin, oksi tetrasiklin kabi sprey dorilar sepib turilsa, uzog‘i bilan to‘rt kun ichida kasallikni davolash mumkin. Bunday yuqumli kasalliklar odatda kuz va bahor oylarida kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi bilan kasalliklar barham topadi.
Bugungi kunda viloyatimizda epizootik holat barqaror. Ya’ni ayrim stomatit holatlarni e’tiborga olmaganda, vaziyat barqaror. Aholi vahimaga tushmasa ham bo‘ladi.
“Hayvonlardagi stomatit – mavsumiy kasallik”
Farg‘ona viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Abdusamiyev:
— Internet tarmoqlarida hayvonlar o‘rtasida kasallik avj oldi mazmunidagi asoslanmagan ma’lumotlar tarqalyapti. Yuqumli, ya’ni oqsil kasalligi bilan hayvonlardagi stomatit kasalligining farqiga bormaganlar xalq orasida vahima uyg‘otishyapti xolos.
Joylarda emlash guruhlari muntazam ishlayapti. Uy hayvonlari muntazam ravishda vaksinatsiya qilinyapti. Bu degani bir yilda va olti oyda bir marta o‘tkaziladigan emlash tadbirlari amalda. Viloyatda 55 ta emlash guruhi tashkil qilingan bo‘lib, ularga 351 nafar veterinariya mutaxassislari biriktirilgan.
Bundan tashqari, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida emlash guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi shtablar tashkil qilingan. Xuddi shu shtablar tuman veterinariya bo‘limlarida ham mavjud.
Azizbek Abdusamiyev
Ayni paytda chorvalarda uchrayotgan stomatit bu – mavsumiy kasallik. Hayvonlar zax sharoitda parvarish qilinganda, stomatit kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Havo harorati ko‘tarilishi bilan bu kasalliklar yo‘qolib ketadi.
Hayvon egalariga murojaatim – chorvalarni o‘z vaqti emlating. Kasallik paydo bo‘lganida o‘z vaqtida veterinarga murojaat qiling. Har bir hududda mutaxassislarimiz faoliyat yurityapti.
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev milliy madaniy markazlar faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdi.
Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona va ahil oila bo‘lib yashab kelmoqda, 157 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu xilma-xillik ko‘p asrlik tarixiy jarayonlar natijasida shakllangan noyob ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yurtimizda milliy madaniyatlarni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash va mustahkamlash, shu orqali yosh avlodni bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Do‘stlik bog‘i hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosiga tutash maydonda barpo etilgan, yigirma ikki millatning o‘ziga xos arxitekturasi aks etgan pavilon ham ushbu e’tiborning yorqin tasdig‘idir.
Bu yerda qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqird o‘tovlari, koreys, belarus, ukrain, grek, olmon, dungan, polyak, yahudiy, gruzin, arman, tatar va qrim-tatar, uyg‘ur, turk, tojik, xitoy, rus hamda ozarbayjon xalqlarining ikki qavatdan iborat do‘stlik uylari joylashgan.
Intererlar o‘sha xalqning milliy an’analariga mos holda bezatilgan. Ekspozitsiyalarda esa milliy liboslar, cholg‘u asboblari, dekorativ-amaliy san’at namunasi, tarixiy maketlar va madaniy merosni aks ettiruvchi ko‘plab eksponatlar o‘rin olgan.
Bugun pavilonda Navro‘z shukuhi hukm surmoqda, zero, Navro‘z o‘zi bilan birdamlik, yangilanish va yaxshilikka da’vat kabi ezgu g‘oyalarni olib keluvchi bayramdir.
Davlatimiz rahbari har bir milliy maskan faoliyati bilan tanishdi. Ishtirokchilar bilan samimiy muloqot qildi.
Uchrashuvlar chog‘ida milliy-madaniy markazlarning umumxalq bayramlarini yuksak ruhda o‘tkazishdagi hissasi alohida e’tirof etildi. Yuksak vatanparvarligi, fidoyi mehnati bilan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi uchun turli millatga mansub yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildirildi.
Prezidentimiz pavilon mehmonlari uchun uchun tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi. Milliy madaniy markazlar vakillari bilan birgalikda suratga tushdi.
Jamiyat
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarni rejali yoqish ishlari olib borilmoqda.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur tadbir turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hasharotlar ko‘payishi hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, yoqish ishlari mutasaddi idoralar ruxsati va o‘zaro kelishuv asosida tashkil etilgan.
Shuningdek, orolchalardagi yong‘in harakatlari va uning ko‘lami to‘liq nazoratga olingani ta’kidlangan.
Mutasaddilar ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan reja asosida olib borilayotganini bildirib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘radi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikka chaqirildi.
Jamiyat
Toshkentda 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar ushlandi
Poytaxtda qiymati qariyb 800 mln so‘mga teng bo‘lgan noqonuniy dori vositalari aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro poytaxtda to‘xtatilib, uning qo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Tekshiruv jarayonida O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlangan 19 turdagi jami 6 597 dona dori vositalari borligi aniqlangan. Ularning umumiy qiymati taxminan 763 mln so‘mni tashkil etadi.
Dastlabki surishtiruvlarda mazkur shaxs ushbu dori vositalarini Hindistondan olib kelib, o‘zining tanishi bilan birgalikda sotishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, uning tanishining xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvda qo‘shimcha ravishda taxminan 48 mln so‘mlik 107 dona dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalari ekspertizaga yuborilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar fuqarolarni dori vositalarini faqat rasmiy dorixonalardan xarid qilishga, ularning kelib chiqishi va sifatiga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.
-
Siyosat3 days agoIslom bank ishi anʼanaviy foizlarga asoslangan modellardan nimasi bilan farq qiladi?
-
Siyosat5 days ago
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
-
Jamiyat4 days agoImom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi (foto)
-
Jamiyat2 days agoO‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
-
Sport4 days ago
Masharipov va Fayzullayev jarohat sabab xalqaro turnirda qatnashmaydi
-
Jamiyat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini hayit bilan tabrikladi
-
Iqtisodiyot4 days agoEron urush va iqtisodiy inqiroz fonida rekord qiymatdagi banknotni muomalaga chiqardi
-
Dunyodan5 days ago
2026 yilgi Oskar sovrindorlari e’lon qilindi
