Dunyodan
O‘zbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan yiqilib, kasalxonada vafot etdi
Avval xabar qilinganidek, Turkiyaning Izmir shahrida 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan yiqilib, kasalxonaga yotqizilgan edi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligidan ma’lum qilishlaricha, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur yordamlarga qaramay, fuqaro Sevdra Hakimjonova shifoxonada vafot etgan.
Ayni paytda O‘zbekiston Bosh konsulligi va Migratsiya agentligi tomonidan marhumlarning jasadlarini vataniga qaytarish bo‘yicha zarur tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jasad 2026-yil 23-mart kuni Istanbul-Andijon reysi bilan O‘zbekistonga olib kelinishi rejalashtirilgan.
Hakimjonova Turkiya fuqarosiga (imom nikohi asosida) turmushga chiqqani, biroq bu nikoh rasman qayd etilmagani xabar qilingandi. Eri ham, o‘zi ham eshitish va nutqi zaif edi. Ular Izmirdagi erkak qarindoshlari bilan yashagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilib, to‘plangan materiallar prokuratura tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.