Jamiyat

O‘zbekistonga qariyb yarim million afg‘onistonlik tijorat maqsadida keldi

Published

on


O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet elliklar soni 2,2 barobarga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 446,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 247,8 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.

2025-yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Afg‘oniston — 415 577 nafar

Tojikiston — 17 962 nafar

Turkmaniston — 9 048 nafar

Rossiya — 728 nafar

Qozog‘iston — 589 nafar

Turkiya — 587 nafar

Boshqa davlatlar — 2 355 nafar.

Avvalroq 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 050,3 trln so‘mni tashkil etgani xabar berilgandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version