Iqtisodiyot
O‘zbekistonga kofe importi keskin kamaydi
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan 136,2 tonna kofe import qilindi. Uning umumiy qiymati 1,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan. Shu tariqa, mamlakatga kofe yetkazib berish hajmida sezilarli pasayish qayd etilgan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlat 46,3 tonna bilan Italiya bo‘ldi.
Shuningdek, Efiopiya 26,7 tonna, Vetnam 15 tonna, Germaniya 14,8 tonna va Rossiya 14,2 tonna hajmda kofe eksport qilgan.
Qolgan 19,2 tonna kofe esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa import bozorida bir nechta asosiy yetkazib beruvchilar ustunligini ko‘rsatadi.