Iqtisodiyot
O‘zbekistonga kirgan xorijiy sarmoyaning 39,9 foizi Xitoy ulushi
Iqtisodiyot | 13:31
433
1 daqiqa o‘qiladi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar-sentabr oylarida o‘zlashtirilgan 24,9 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida Xitoy ulushi 39,9 foizni tashkil etdi. Rossiya va Turkiya esa keyingi pog‘onalarda qayd etildi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Qo‘mitaning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 24,9 mlrd AQSh dollariga yetdi. Manbalar kesimida yetakchi ulushlar quyidagicha:
Xitoy — 39,9 foiz;
Rossiya — 7,8 foiz;
Turkiya — 7,7 foiz;
Saudiya Arabistoni — 3,8 foiz;
Germaniya — 3,5 foiz;
Buyuk Britaniya — 3,3 foiz.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, yetakchi sheriklarning ulushi amaldagi loyihalar portfeli, moliya institutlari ishtirokini kengaytirish va sanoat/infratuzilmaga qaratilgan sarmoyalar hisobiga shakllanmoqda. Shu bilan birga, sarmoya geografiyasining diversifikatsiyasi ham davom etmoqda.