Connect with us

Jamiyat

O‘zbekistonga 2 oyda 11 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida 11 ming 876 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kelganlar orasida qo‘shni davlatlar fuqarolari ustunlik qiladi. Xususan, eng ko‘p bemorlar Tojikistondan kelgan bo‘lib, ular soni 7 ming 562 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, Qirg‘izistondan 2 ming 530 nafar, Qozog‘istondan 1 ming 212 nafar fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun mamlakatga kirib kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistondan 338 nafar, Rossiyadan 208 nafar fuqaro davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Boshqa davlatlar hissasi nisbatan kam — jami 26 nafarni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda «katta ekspert» 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Published

on


Poytaxtdagi nufuzli aksiyadorlik tijorat banklaridan birining katta eksperti MChJ rahbariga o‘ziga xos usulda «ko‘mak» bermoqchi bo‘ldi. U tanishlari orqali Samarqanddagi banklardan biridan 1 mlrd 250 mln so‘m kredit olib berishni va’da qilib, «xizmati» evaziga 10 ming AQSh dollari so‘ragan.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bank xodimi so‘ralgan pulni tamagirlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda «Media haftalik»ning ilk bosqichi yakunlandi (foto)

Published

on


So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘ziga xos innovatsion «media-xab»ga aylandi. O‘zbekiston bo‘ylab start olgan keng miqyosli «Media haftalik»ning dastlabki bosqichi Orolbo‘yi hududida muvaffaqiyatli nihoyalanmoqda.

Quruq akademik ma’ruzalar formatidan voz kechilib, jonli amaliyot ustiga qurilgan ushbu loyiha boshida kutilganidan ko‘ra ancha keng qamrov oldi. Ishtirokchilar tarkibi turli yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi: mashg‘ulotlarga 60 dan ortiq axborot xizmati rahbarlari va xodimlari, hududiy va mahalliy telekanallarning 80 dan ziyod vakillari (muxbir, tasvirchi, montajchi, rejissyor, muharrir), bosma va elektron OAVning 50 dan ziyod xodimlari hamda yana shuncha mustaqil blogerlar jalb etildi. Eng katta qismni esa zamonaviy trendlarga intiluvchi 500 nafardan ko‘p mobilograf, SMM mutaxassisi, vayner va kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar tashkil etdi. Media haftalik haqida ilk anonslar e’lon qilingach, unda ishtirok etish istagini bildirganlar va jamoaga kelib qo‘shilganlar soni yanada oshdi.

Natijada hududdagi 700 dan ortiq media vakillari bir maqsad yo‘lida, bitta ochiq muloqot maydonida jam bo‘ldi. Bu shunchaki navbatdagi o‘quv kursi emas, balki axborot uzatishning eskicha qoliplaridan voz kechib, voqelikka mutlaqo yangicha nigoh bilan qarashga undovchi haqiqiy tajriba maktabi bo‘ldi.

Mazkur haftalik — milliy mediamiz uchun yangi qon, yangi ovoz, ijodiy turg‘unlikdan uyg‘onish uchun kuchli impuls vazifasini o‘tab berdi. Eng quvonarlisi, mashg‘ulotlarga turli xil qarashlar va bilim darajasi bilan kirib kelgan ishtirokchilar haftalik yakuniga kelib, global tarmoqdagi axborot xurujlariga qarshi tura oladigan, sun’iy intellektdan mohirona foydalanadigan va kreativ kontent yaratishning zamonaviy qurollarini to‘liq o‘zlashtirgan yangi formatdagi professionallarga aylandi.

Endilikda ular axborot oqimini shunchaki passiv kuzatuvchi emas, balki inqirozli vaziyatlarni boshqarish kabi murakkab mexanizmlarni amaliyotda qo‘llay oladigan faol, salohiyatli kadrlar sifatida namoyon bo‘lishadi. Qolaversa, besh kunlik fikr almashuvlar davlat idoralari hamda jurnalistlar, blogerlar o‘rtasidagi ko‘rinmas devorlarni buzib, o‘zaro ishonch va konstruktiv hamkorlikka asoslangan yangi media madaniyatiga mustahkam poydevor yaratdi.

Ishtirokchilar beshta asosiy yo‘nalishga bo‘lingan holda o‘qitildi. Haftalikning intensiv dasturidan media sohasining eng dolzarb masalalari o‘rin oldi.

Xususan:

Bosma va internet nashrlari vakillari uchun tashkil etilgan maxsus sessiyalarda sun’iy intellekt davrida axborot generatsiyasi, raqamli etika qoidalari, feyk xabarlarni aniqlovchi faktcheking vositalari bo‘yicha ko‘nikmalar chuqur o‘rgatildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash mavzularini yoritish amaliyoti tahlil qilinib, bunda xolislikni saqlagan holda ishonchli manbalar bilan ishlashning yangicha usullariga alohida urg‘u berildi. Bundan tashqari, katta hajmdagi murakkab statistika va raqamlarni o‘quvchiga tushunarli, jozibador shaklda yetkazish, ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Televideniye ijodkorlari — muxbir, tasvirchi va montaj ustalarini qamrab olgan darslarda siyosiy va iqtisodiy islohotlarni inson taqdiri va kreativ rakurslar orqali tomoshabinni jalb qiluvchi qiziqarli reportajlar formatida yoritish masalalariga e’tibor qaratildi. Ta’sirchan hujjatli filmlar yaratish konsepsiyasi, bu jarayonda ishonchli manbalar bilan ishlash va mualliflik mas’uliyati tahlil qilindi. Texnik mutaxassislar esa amaliy mashqlar davomida «Ronin» uskunasi yordamida kadr balansini saqlash va mikro-silkinishlarni yo‘qotish usullarini, shuningdek, zamonaviy ko‘rsatuv ritmini shakllantiruvchi ilg‘or montaj sirlarini o‘zlashtirdi.

Davlat organlari va tashkilotlarning axborot xizmati rahbarlari esa strategik kommunikatsiya, antikrizis vaziyatlarda reputatsiyani tiklash, bayonot va raddiya berish qoidalari, ochiqlik indeksi va KPI bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi. Matbuot kotiblari uchun o‘tkazilgan maxsus master-klasslarda neyrotarmoqlar yordamida sifatli matnlar yozish, kreativ g‘oyalarni shakllantirish, qisqa fursatda video va media-dizayn mahsulotlarini yaratish amaliyotda ko‘rsatib berildi.

SMM mutaxassislari va blogerlar mashg‘ulotlarda auditoriya e’tiborini soniyalar ichida jalb qiladigan kreativ mobil reportajlar tayyorlash va vizual storitelling (voqeani tasvirlar orqali ta’sirchan hikoya qilish) san’atining eng so‘nggi trendlari bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdi. Ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlarning murakkab algoritmlari bilan ishlash, kontent qamrovini organik tarzda oshirib, uni «tavsiyalar» bo‘limiga olib chiqishning sinalgan usullari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, sahifalarni yuritishda brend imijini to‘g‘ri shakllantirish, maqsadli SMM-strategiya ishlab chiqish hamda foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqot o‘rnatish orqali jamoatchilik ishonchini qozonish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Ushbu saboqlarning eng muhim ahamiyati, avvalo, loyihaga jalb etilgan spikerlarning o‘ta kuchli, salkam «yulduzli» tarkibi bilan izohlanadi. Mashg‘ulotlar faqat nazariyotchilar emas, balki bugungi kunda respublika media maydonining ob-havosini belgilab berayotgan amaliyotchi ekspertlar tomonidan olib borildi. Xususan, Beruniy Alimov va Nozima Toshpo‘latova kabi yetuk media-ekspertlar, Prezident faoliyatini yorituvchi tajribali jurnalist Jahongir Olimov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi vakili Ikrom Avvalboyev, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasidan Ulug‘bek Rahmonqulov, mashhur teleprodyusser Baxtiyor To‘raxonov, mualliflik bloglarini yurituvchi tarmoq faoli Muhrim A’zamxo‘jayev kabi taniqli nomlar darslarning salmog‘ini oshirdi.

Shuningdek, raqamli kontent ustalari — millionlab kuzatuvchilarga ega bloger va vaynerlar Bobur Mansurov, Mavluda Hikmatova, Gulruh Pirnazarova hamda media sohasining boshqa ko‘plab professional namoyandalari auditoriya bilan o‘zlarining eng sara bilimlarini bo‘lishishdi. Jonli va interfaol tarzda, SWOT-tahlillar hamda pre-test/post-testlar orqali o‘tkazilgan ushbu darslarda ishtirokchilar o‘z xatolarini bevosita mana shu mutaxassislar bilan birgalikda tahlil qilib, to‘g‘ri, ta’sirchan va zamonaviy kontent yaratishning real formulalarini o‘zlashtirdilar.

Haftalik doirasida Davlat rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan 10 000 nafar SMM mutaxassisini tayyorlash loyihasining borishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Aloqabank, Kontent markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligidagi mazkur bepul kurslarga bugungi kunga kelib 7 mingdan ortiq, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 500 dan ziyod yoshlar qamrab olindi. Hozirda kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar soni 2000 nafardan oshdi. Ahamiyatlisi, bitiruvchilarga o‘z kasblari ortidan barqaror daromad topishlari uchun bank tomonidan maxsus imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda va ko‘plab yoshlar allaqachon yuqori daromad chegarasiga chiqishga ulgurdi. Haftalik mobaynida Aloqabank va Kontent markazi vakillari tomonidan kurs bitiruvchilariga sertifikat hamda plastik kartalar topshirildi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi va Kontent markazi tashabbusi bilan mamlakat bo‘ylab 1000 nafar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 175 nafar yigit-qiz mobilografiya yo‘nalishida bepul o‘qitilgan bo‘lib, hududdagi ushbu yosh ijodkorlar ham media haftalikka jalb etildi. Hozirga kelib, mazkur bitiruvchilarning 68 nafari o‘z mutaxassisligi ortidan mustaqil daromad manbaiga ega bo‘ldi, yana 23 nafari sinov muddati bilan turli tashkilotlarga ishga qabul qilindi.

Haftalik doirasida axborot sohasi vakillari kundalik faoliyatida asqotadigan ikkita yangi risolaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. «Davlat organlari va OAV hamda bloger o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari» qo‘llanmasi davlat idoralari va media vakillari o‘rtasidagi axborot almashinuvini qonuniy, shaffof va etik normalar asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi muhim metodik manba sifatida taqdim etildi. Unda axborot olish kafolatlaridan tortib, jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik masalalarigacha tizimli yoritilgan.

«Davlat idoralarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini verifikatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma» deb nomlangan kitobchada esa Facebook, Instagram, Telegram, YouTube va X kabi tarmoqlarda rasmiy (verifikatsiya) belgisini olishning texnik va huquqiy algoritmlari qadam-baqadam tushuntirilgan. Yo‘riqnoma dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish hamda raqamli makonda davlat organlari resurslarining ishonchliligini ta’minlashda muhim vosita vazifasini o‘taydi.

Qoraqalpog‘istondagi haftalik hududdagi media vakillarini jamlagan yirik Media forum va sertifikatlar topshirish marosimi bilan yakunlanmoqda.

Navbatdagi bosqich joriy yilning 6–10-aprel kunlari Xorazm viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident farmoni bilan bir guruh geologlar taqdirlandi

Published

on


O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonda ta’kidlanishicha, mukofotlar geologiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnat, qazilma boyliklar geologiyasi va qidiruv ishlarini rivojlantirish, strategik mineral resurslarni aniqlashdagi xizmatlar uchun berilgan.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan:

Muminov Tolibjon Xoliyorovich – «Navoiyuran» davlat korxonasining «Zirabuloq» geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi;
Ergashev Elmurod Xasanovich – «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari – bosh geologi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:

Nuraliyev Raxmonali Azimovich – «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burg‘ilash uchastkasi burg‘ilovchisi;
Yallakabilov Gulom – «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasining Markaziy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi.

«Do‘stlik» ordeni bilan:

Bogdanov Aleksandr Nikolayevich – Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutining neft va gaz konlari geologiyasi hamda istiqbolli ob’yektlarni baholash laboratoriyasi boshlig‘i;
Shukurov Nosir Egamovich – H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i.

«Shuhrat» medali bilan:

Aripov Shaxobiddin Paxritdinovich – O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti;
Jo‘rayev Sherali Izatilloyevich – «Navoiyuran» davlat korxonasining geologiya va qidiruv bo‘yicha direktori;
Zairov Ilxom Matazimovich – «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining «Avtomobil va texnologik transporti» filiali og‘ir yuk mashinasi haydovchisi;
Sayitov Hamza Qahharovich – «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Published

on


Bosh konsulxona pul evaziga Turkiyada bo‘lish hujjatlarini rasmiylashtirish va mo‘may daromadli ish, Amerika va Yevropa davlatlari vizalarini va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga hamda ayniqsa, ayol va yolg‘iz kishilarni rasmiy ruxsatnomasi bo‘lmagan taksi xizmatlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni qator xavfsizlik talablariga rioya etishga chaqirdi.

“Kundalik turmushingizda sog‘liq va hayotingizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan shubhali vaziyatlardan uzoqda bo‘ling. Ommaviy yig‘in va namoyishlarda qatnashishdan saqlaning, shuningdek, odamlar gavjum joylarda hushyorlikni yanada oshiring.

“Qonuniy huquq va manfaatlaringiz har qanday shaklda buzilsa, og‘ir yoki favqulodda holatga tushib qolsangiz zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot organlariga 155 (Politsiya) yoki 156 (Jandarmeriya) qisqa raqamlari orqali, shuningdek, Bosh konsulxona 24/7 ishonch telefoniga murojaat eting”, deyiladi bosh konsulxona tomonidan.

Shuningdek, bosh konsulxona pul evaziga Turkiyada bo‘lish hujjatlarini rasmiylashtirish va mo‘may daromadli ish, shuningdek, Amerika va Yevropa davlatlari vizalarini va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga hamda  rasmiy ruxsatnomasi bo‘lmagan taksi xizmatlaridan foydalanmaslikka (ayniqsa, ayol va yolg‘iz kishilar) chaqirgan.

Bosh konsulxona bog‘lanish uchun ishonch telefonini ham ko‘rsatgan: +90 212 909 08 04.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda «Buyuk ipak yo‘li» metrosi yaqinida 2 qavatli yo‘l o‘tkazgich quriladi

Published

on


Toshkent shahar hokimiyati poytaxt transport tizimini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan yirik islohotni taqdim etdi. Unda tezkor avtobuslar tizimi — BRT (Bus Rapid Transit) joriy etish va shaharning eng yuklama yuqori nuqtalaridan biri bo‘lgan «Buyuk Ipak yo‘li» metro atrofida yangi transport yechimlari qurish ko‘zda tutilgan.

Loyihalarning asosiy maqsadi — yo‘l tarmoqlari o‘tkazuvchanligini oshirish va tirbandlikni kamaytirish.

Islohotning markaziy qismi 16,2 kilometrli BRT yo‘nalishi bo‘ladi. U Sergeli tumani bilan shahar markazini bog‘laydi va yirik ko‘chalar — Shota Rustaveli, Shahrisabz hamda Amir Temur prospekti orqali o‘tadi.

Bu tizimning asosiy xususiyati — avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar bo‘lib, ular umumiy transport oqimidan to‘liq ajratiladi. Bu esa:

– harakat tezligini barqarorlashtiradi;
– jamoat transporti kechikishini kamaytiradi;
– metro bilan integratsiyani kuchaytiradi.

Ya’ni, shahar asta-sekin «avtomobil ustuvorligi» emas, balki jamoat transporti ustuvor bo‘lgan modelga o‘tmoqda.

Islohotning ikkinchi muhim qismi – «Buyuk Ipak yo‘li» metro atrofidagi transport tugunini qayta qurishdir.

Hozirda bu hududdan soatiga o‘rtacha 8,2 mingta avtomobil o‘tadi. Loyiha amalga oshirilgandan keyin bu ko‘rsatkich 19,2 mingtagacha oshishi kutilmoqda.

Buning uchun ikki qavatli yo‘l yechimlari, aylana harakatli yo‘l va transport oqimini qayta taqsimlash kabi yechimlar joriy etiladi.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, bu orqali umumiy o‘tkazuvchanlik 21 foizga oshadi va kunlik avtomobil harakati 120 mingtagacha yetadi. Shuningdek, o‘rtacha tezlik 21 km/soatdan 26 km/soatgacha ko‘tariladi hamda tirbandlikda yurish vaqti 45 daqiqadan 32 daqiqagacha qisqaradi.

Bu raqamlar shahardagi harakat samaradorligi sezilarli yaxshilanishini ko‘rsatadi.

Loyihani amalga oshirishda Xitoy kompaniyasi ishtirok etmoqda. Qayd etilishicha, moliyalashtirish va qurilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.