Iqtisodiyot
O‘zbekistonda sanoat sohasida qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda jami 394,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Navoiy viloyati mamlakatda mutlaq yetakchilikni saqlab qolmoqda.
Hisobot davrida Navoiy viloyatida 100,5 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Bu respublika bo‘yicha umumiy sanoat hajmining qariyb 25,5 foiziga teng.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati egalladi. Poytaxtda 63,7 trln so‘mlik, Toshkent viloyatida esa 58,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ushbu ikki hudud hissasiga respublika sanoatining yana 31 foizdan ortig‘i to‘g‘ri kelmoqda.
Andijon viloyatida 36 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati 19,8 trln so‘m va Farg‘ona viloyati 18,3 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan joylashdi.
Buxoro viloyatida 17 trln so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 15,4 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Namangan va Jizzax viloyatlari mos ravishda 12,6 trln va 12,4 trln so‘mlik natija qayd etgan.
Xorazm viloyati ham 11,3 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan sanoat ishlab chiqarishda barqaror o‘sishni saqlab qolmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,7 trln so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 8,9 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, hududda 5,5 trln so‘mlik mahsulot tayyorlangan.