Iqtisodiyot
O‘zbekistonda ekologik toza hududlarda plastik mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish taqiqlandi
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, ekologik toza hududlarda kurort tabiiy hududlar va rekreatsiya zonalari rejimida belgilangan cheklovlar hamda taqiqlar bilan bir qatorda quyidagilar taqiqlanadi:
ekologik tizimlarning barqarorligi buzilishiga va tabiiy landshaftlarning ko‘rinishi hamda yer osti suvlarining gidrogeologik holati o‘zgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
tabiiy obyektlarga va majmualarga salbiy ta’sir qiluvchi sanoat obyektlarining qurilishi va faoliyat ko‘rsatishi;
ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan plastik mahsulotlarning (bundan tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi (yetkazib berilishi va sotilishi).
Ekologik toza hududlarda davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.