Connect with us

Jamiyat

O‘zbekistonda avtomobildan xoli hududlar kengaymoqda

Published

on


Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda «avtomobildan xoli hudud»lar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahri tarixiy markazining Toqi Telpakfro‘shon madaniy meros ob’yektidan Ark qo‘rg‘oni avtoturargohigacha bo‘lgan qismida, Andijon viloyatining Xonobod shahrida, Farg‘ona viloyatidagi turizm namoyishi ob’yektlari bo‘lgan Farg‘ona shahar I.Karimov nomidagi san’at saroyi, «Eko shahar» madaniy dam olish bog‘i, Ahmad al-Farg‘oniy istirohat bog‘i, Marg‘ilon shahar E.Vohidov nomidagi istirohat bog‘i, hamda Qo‘qon shahar O‘rda maydoni, Istiqlol turizm ko‘chasi hududlari «avtomobildan xoli hudud»ga aylantirildi.

Shuningdek, Samarqand tumani «Konigil» turizm qishlog‘ida yangidan tashkil etilgan turizm ob’yektida 2.5 km uzunlikdagi yo‘l avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda. Yo‘lning kirish qismida avtomobillarni taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Registon maydoni va Shohi zinda majmuasini bog‘lovchi 1.5 km uzunlikdagi I.Karimov ko‘chasi avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

“Faqat Ramazonda ishlaydi” – Yovqochar bozoridan reportaj

Published

on


Marg‘ilon shahrining Yovqochar mahallasida bir yilda faqat bir oy ishlaydigan bozor bor. U aholi orasida Yovqochar bozori nomi bilan mashhur. E’tiborlisi, bozor faqat Ramazon oyida ishlaydi. Mahalliy aholiga ko‘ra, bozor 50 yildan beri shunday tartibda faoliyat yuritib keladi.

Ëvqochar bozori uchun kimdir uyida shirmoy non yopib chiqargan, yana kimdir go‘shtli non, kimlardir somsa va nisholda. Xullas, u yerdan Ramazon taomlaridan tortib, salqin ichimlik-u kalla-pocha, yopgan non va no‘xat sho‘rva – barcha taomlarni topish mumkin. Bozor, ayniqsa asr namozidan keyin odamlar bilan gavjum bo‘ladi.

Mahalliy aholi iftorik paytigacha bozorni bir aylanib chiqib ketishni odat qilgan. Bozorining fayzi, tarovati boshqacha.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

16:18 Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi

Published

on



16:18

Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

110 ta savdo obekti aniqlandi

Published

on


Toshkentda jamoat transportidan foydalanuvchilar soni ortib borayotgan bir paytda bekatlar infratuzilmasini tartibga solish va yangilash ishlari davom ettirilmoqda. O‘tkazilgan audit natijasida bekatlar o‘rnida 110 ta savdo obekti joylashgani ma’lum bo‘lib, ularning 61 tasi hujjatlarni taqdim eta olmagan.

Foto: Toshshaxartransxizmat

Toshkentda yo‘lovchi oqimi ortib borayotgani sabab shaharliklar jamoat transportini tobora ko‘proq tanlamoqda. Bu esa qulaylik, xavfsizlik va xizmat sifatiga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Shu munosabat bilan davlat transport tizimini bosqichma-bosqich kuchaytirib, avtobuslar parkini kengaytirish, yo‘nalishlar va infratuzilmani yangilash ishlarini olib bormoqda.

Qayd etilishicha, poytaxtda bekat infratuzilmasini tartibga solish va yangilash bo‘yicha o‘tgan yili boshlangan ishlar hozir ham davom ettirilmoqda. Raqamli transport markazi tashkil etilganidan so‘ng, ushbu vazifa markaz mutaxassislari va xodimlari tomonidan muvofiqlashtirib kelinmoqda.

Avvalroq mutaxassislar poytaxtning eng tirband 472 km avtomobil yo‘lini aniqlagani va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar boshlangani ma’lum qilingan edi. Birinchi bosqichda 100 kmlik masofa qamrab olinib, 360 dan ortiq bekat va 190 ta katta-kichik chorraha xatlovdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, jamoat transporti yo‘nalishidagi bekatlar o‘rnida xalq tilida “tijorat do‘konlari” deb ataladigan 110 ta savdo obekti joylashgan. Ulardan 61 tasi bekat majmuasi hududiga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan. Ma’lum qilinishicha, ushbu holatlarga huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘riladi.

Shahar ma’muriyatining tegishli qaroriga asosan barcha bekatlarni yangilash rejalashtirilgan. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega tadbirkorlarga savdo nuqtalarini o‘rnatish uchun boshqa joy ajratish orqali kompensatsiya to‘lash mexanizmi ham ko‘zda tutilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, jahon amaliyotiga ko‘ra jamoat transporti bekatlarining zamonaviy konsepsiyasi bekat hududida savdo obektlari bo‘lmasligini, yo‘lovchilarning transportni erkin va xavfsiz kutishini, platformalar yetarlicha keng bo‘lishini hamda tirbandlik yuqori bo‘lganda ularni kengaytirish imkoniyati mavjudligini, shuningdek inklyuziv muhit yaratilishini nazarda tutadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Dolzarb 90 kun” doirasidagi o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish rejalashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda quvib o‘tish qoidasini buzish 4 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Published

on


Konimex tumani hududida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida, 2 kishi shifoxonada vafot etdi. Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, katta tezlikda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Navoiyda insonlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 22 fevral kuni Konimex tumani hududida, “Navoiy–Zarafshon–Uchquduq” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga uringan. Ammo bunga ulgurmasdan qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Nexia mashinasi tezligi ham belgilangan cheklovdan yuqori bo‘lgani aytilmoqda. YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida, yana 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda avtobus YTHga uchrab, 2 kishi halok bo‘lgandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“shashka”, drift va poyga videolariga qarshi choralar kuchaytiriladi

Published

on


Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini buzishni targ‘ib qiluvchi – “shashka”, drift va noqonuniy ko‘cha poygalari aks etgan videomateriallarga qarshi choralar kuchaytiriladi. Bu kabi kontentni tarqatayotgan shaxslarni aniqlash va qo‘pol qoidabuzarliklarni “piar” qilgan akkauntlarni bloklash masalasi belgilandi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti

Mazkur yo‘nalishda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayev raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar IIV JXD YHXX hamda poytaxt IIBB YHXB rahbariyati, YPX brigada va batalon qo‘mondonlari, sohaviy bo‘linmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube videoxostingida yo‘l harakati qoidalarini buzishni targ‘ib qiluvchi videomateriallar tarqatilayotgani ta’kidlandi. Xususan, xavfli haydovchilik, noqonuniy ko‘cha poygalari, drift va “shashka” kabi harakatlar aks etgan videolar qayd etildi.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida internet tarmog‘ini doimiy monitoring qilish, bunday videolarni joylashtirayotgan shaxslarni aniqlash, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish, shuningdek qo‘pol qoidabuzarliklarni “piar” qilib namoyish etgan akkauntlarni bloklash belgilandi.

Shuningdek, departament rahbari avariyalar sonini kamaytirish, og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, statsionar va mobil postlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda blogerlar va qo‘pol qoidabuzar haydovchilar bilan profilaktik ishlarni faollashtirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Tungi reyd tadbirlarini kuchaytirish, yo‘l bezoriligi uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, xizmat intizomini mustahkamlash va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 26 fevral kuni boshlangan operativ-profilaktik reyd tadbirlari doirasida 3 mart kuniga qadar internet platformalari o‘rganilib, yo‘l bezoriligi aks etgan 107 ta videolavha aniqlangan. Ular asosida 66 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shuningdek, YPX va PPX xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik va psixotrop moddalarni noqonuniy saqlash bilan bog‘liq 23 ta holat, o‘tkir jismlarni olib yurishga doir 262 ta holat aniqlangani bildirildi.

Reydlar davomida jami 5 919 ta qo‘pol qoidabuzarlik qayd etilgan. Asosiy qoidabuzarlik turlari orasida: poyga — 4 ta, bo‘ysunmaslik — 70 ta, tonirovka — 116 ta, noqonuniy sirena va mayoqchalar — 61 ta, davlat raqamisiz boshqarish — 34 ta. Huquqbuzarlar orasida 54 nafar voyaga yetmagan shaxs ham aniqlangan.

Reyd tadbirlari respublika bo‘ylab davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.