Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 9,9 mln tonna sabzavot yetishtirildi: Andijon va Samarqand peshqadam

Published

on


Iqtisodiyot | 08:53

488

1 daqiqa o‘qiladi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 9,9 mln tonna sabzavot yetishtirilgan. Hajmning qariyb 61 foizi Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: iStock

Hududlar kesimida sabzavot yetishtirish hajmi quyidagicha:


Andijon viloyati — 1,4 mln t;
Samarqand viloyati — 1,4 mln t;
Farg‘ona viloyati — 1,1 mln t;
Surxondaryo viloyati — 1,1 mln t;
Toshkent viloyati — 1,0 mln t;
Buxoro viloyati — 939 495 t;
Namangan viloyati — 719 068 t;
Qashqadaryo viloyati — 539 570 t;
Xorazm viloyati — 491 698 t;
Jizzax viloyati — 371 010 t;
Navoiy viloyati — 268 873 t;
Sirdaryo viloyati — 255 800 t;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 247 801 t;
Toshkent shahri — 854 t.

Andijon va Samarqand viloyatlari yetakchi bo‘lib, har biri 1,4 mln tonnadan hosil bergan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Surxondaryo (har ikkalasi 1,1 mln t), shuningdek Toshkent viloyati (1 mln t) qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida (854 t).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version