Siyosat
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 145 milliard dollardan oshadi, 2030-yilga borib esa 240 milliard dollarga yetishi mo‘ljallangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisda soʻzlagan nutqida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda barqaror oʻsishni taʼminlashini, yalpi ichki mahsulot birinchi marta 145 milliard dollardan oshishini taʼkidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili eksport hajmi 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarni tashkil etdi, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari esa tarixda birinchi marta 60 milliard dollardan oshdi. Uning taʼkidlashicha, bundan oʻn yildan kamroq vaqt oldin yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollarga yetkazish ulkan maqsad hisoblangan, biroq joriy natijalar mamlakatning keng koʻlamli iqtisodiy oʻzgarishlarga qodirligini koʻrsatmoqda.
Mirziyoyev xalqaro savdo qoidalaridagi oʻzgarishlar, ishlab chiqarish, transport va logistika zanjirlaridagi uzilishlar, xomashyo va moliyaviy resurslar narxining oshishi kabi global muammolarga qaramay, Oʻzbekiston iqtisodiyoti ishonch bilan oʻsishda davom etayotganini taʼkidladi.
Xorijiy investitsiyalar oqimi 2025-yilda 43,1 milliard dollarga yetdi, jami investitsiyalar yalpi ichki mahsulotning 31,9 foizini tashkil etdi. Prezidentimiz ushbu ko‘rsatkichlar kelgusi yillarda ham yuqori barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni ham yaxshilandi. Yirik reyting agentligi mamlakatning suveren kredit reytingini “BB-”dan “BB”ga ko‘tardi, Mirziyoyevning aytishicha, bu tashqi moliyalashtirish shartlarini yaxshilaydi va tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytiradi.
Raqamli transformatsiya sohasidagi yutuqlar ham ta’kidlandi. O‘zbekiston Jahon bankining GovTech yetuklik indeksida 71 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning kuchli o‘ntaligiga kirdi. 2025-yilda infratuzilmani rivojlantirish ham izchil davom etdi, energetika sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish 85 milliard kVt/soatga yetdi, ko‘plab hududlarda ichimlik suvi va sug‘orish suvidan foydalanish imkoniyatlari kengaydi, uy xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’yektlarining qurilish faolligi oshishi bilan birga ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi o‘sishda davom etdi.
Prezident istiqbolga qarab, O‘zbekiston o‘rta muddatli iqtisodiy maqsadlarni sezilarli darajada oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi. Ikki yil avval qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan, Mirziyoyev bu darajaga 2026-yildayoq erishish mumkinligini aytgan.
– Mavjud salohiyatimiz, amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faolligimiz va xorijiy hamkorlar bilan kengaytirilgan hamkorlikdan kelib chiqib, bu marraga hech qanday qiyinchiliksiz erishiladi, – dedi u.
Kelgusi besh yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 240 milliard dollardan oshishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi prezident bu bashorat batafsil hisob-kitoblarga asoslangani va Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa nufuzli ekspertlar tomonidan tasdiqlanganini ta’kidladi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
