Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi

Published

on


O‘zbekiston elchisi Ravshan Alimov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Bayramgul Orazdurdiyeva bilan uchrashdi.

Tomonlar mamlakatlar xalqlari o‘rtasida do‘stlik va amaliy hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan ilm-fan, ta’lim, yoshlar siyosati, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qildi.

Xususan, ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik va ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvlarini faollashtirish, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi aloqalarning bugungi holati ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Turkmaniston tibbiyot muassasalari o‘rtasida ilmiy va amaliy aloqalarni kengaytirish, shifokorlarning o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakatda dori vositalari va tibbiyot jihozlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version