Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Published

on


«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 22-oktyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version