Connect with us

Siyosat

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatiladi

Published

on


Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent shahri, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganishicha, mazkur Bitimda ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilanmoqda.

Jumladan, Bitimda ko‘lamdor maqsadlarni ko‘zlagan ta’lim va ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va madaniy meros, turizm, sport kabi muhim sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek iqtisodiyot, boshqaruv, diplomatiya va turizm sohalarida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu hujjatda xalqaro shartnomalarga muvofiq o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va rag‘batlantirish hamda xususiy sektorlardagi qo‘shma korxonalarni tashkil qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish nazarda tutilmoqda.

Hujjatda xalqaro terrorizm va ekstremizmga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, qurollarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga, uyushgan jinoyatchilikka, odam savdosiga qarshi kurashish va ularni bartaraf etish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va birlashtirish bo‘yicha aniq va rejali choralar belgilanmoqda.

Senatorlarning fikricha, Bitimning ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun ma’qullandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

BlackRock o’zbek kompaniyalari bilan qo’shma investitsiya mexanizmiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida BlackRock kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashib, sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning sarmoyaviy muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv Prezidentning Davosga amaliy tashrifi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi va u yerda BlackRock boshqaruv kengashi a’zosi va boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi. Muzokaralarda sarmoyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va ikki tomon o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar BlackRock kompaniyasining O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarda ishtirok etishi mumkinligi haqida ham fikr almashdilar. Muzokaralar chogʻida kompaniya Oʻzbekistondagi qator kompaniyalarning ulushlarini sotib olish, qoʻshma investitsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakatning umumiy investitsiya muhitini mustahkamlash uchun xalqaro tajribadan foydalanish kabi bir qancha tashabbuslarni ilgari surdi. Prezident Mirziyoyev bu takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

BlackRock dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri bo’lib, moliyaviy xizmatlar, shuningdek, aktivlar va fondlarni boshqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya 11 trillion dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi.

Davosdagi uchrashuv Oʻzbekiston rahbarining 2025-yil sentabr oyida Nyu-Yorkka tashrifi chogʻida Prezident Mirziyoyev va Adebayo Ogunlesi oʻrtasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvdan soʻng boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida ikki davlat BlackRock kompaniyasi bilan strategik sheriklikni kengaytirish, xususan, energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Qo‘shma jamg‘armani tashkil etish rejalari tasdiqlangani va platforma konsepsiyasi yaqin vaqt ichida kelishib olinishi, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga zamin yaratilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Tajovuzkor  «ritorika» to‘xtamayapti. Endi Valuyev «akillab» chiqdi

Published

on


Rossiyalik propagandachi Vladimir Solovyov boshlab bergan  tajovuzkor  «ritorika»ni Aleksandr Dugin davom ettirgandi.

Endi ularning ortidan sobiq sportchi, hozirda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati,Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Valuyev boshqa davlatlarda ham (sobiq Ittifoq mamlakatlari nazarda tutilmoqda – tah.) maxsus harbiy amaliyot o‘tkazishi haqidagi dag‘dag‘a bilan chiqdi.

«Bizni hali ko‘plab maxsus operatsiyalar kutmoqda. Ulug‘ faylasuf Duginning so‘zi to‘g‘ri. Biz 30 yil davomida postsovet respublikalariga «pryanik» berib keldik. Yordam bermadi. Qamchi kerak. Shuning uchun yoshlarni tayyorlayapmiz. Zumerlarga zalga borib, sport bilan shug‘ullanishni maslahat beraman. Ular uchun qahramonlik ko‘rsatish davri keladi. Va tez orada. Umuman olganda, g‘alabaga hissa qo‘shgan va hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan odamgina barcha huquqlarga ega fuqaro bo‘lishi mumkin, deb hisoblayman. Qolganlar bunday huquqlarga ega bo‘lmasligi kerak. Va biz bunga yetib boramiz», degan rossiyalik amaldor.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Rossiya tashqi siyosati haqidagi bayonotlari «uning shaxsiy fikri» ekani va amalda Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasi sanalmasligini aytgandi.

«Bu jurnalistning fikri. Fikr xususiy kanalda bildirildi. Men iqtiboslarni o‘qidim va kontekstdan olingan iboralarga tayanmadim. Bunga javob berish mening ishim emas», degandi Zaxarova.

Mana endi, bu tajovuzkor fikrlar jurnalistning gapidan siyosatchinikiga, ayni paytda Rossiya hukumatida amalda o‘tirgan shaxs og‘zidan yangrashga o‘tdi. Endi Rossiya TIV vakili vaziyatni nima deb xaspo‘shlarkin?!



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Shveysariyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

Published

on


Davosdagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu yetakchi moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi barqaror strategik tusga ega. O‘zbekiston YeTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda. Bankning investitsiyalari hajmi qariyb 7 milliard dollarga yetdi.

2025 yilda amaliyotlar, shu jumladan, xususiy sektorga yo‘naltirilgan mablag‘larning hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

YeTTBning “yashil” energiyani rivojlantirish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik dasturlarni amalga oshirish, moliya bozorini isloh qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi.

Joriy yil uchun hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, xususiy sektor va infratuzilmani rivojlantirish, temir yo‘l transportini raqamli transformatsiya qilish hamda boshqa masalalar belgilab olindi.

Ayollar va yoshlarni zamonaviy kasblar va biznesga o‘qitish bo‘yicha dasturlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlardagi ishtirokini yakunladi.

Bugun davlatimiz rahbari Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etib, tadbir doirasida qator uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi.

Amaliy tashrif tugagach, O‘zbekiston Prezidenti Syurix xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.

 



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident Davosda qator siyosatchilar bilan suhbatlashdi: ma’lumotlar

Published

on


Shavkat Mirziyoyev Davosda qator siyosatchilar bilan suhbatlar o‘tkazdi. 

Davosdagi tadbirlar doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ko‘rishdi.

Bundan tashqari prezident AQSh savdo vaziri Govard Latnik, Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Prezident Shveysariyada Ilhom Aliyev va Viktor Orban bilan uchrashgandi. 

 



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident Shveysariyada Ilhom Aliyev va Viktor Orban bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Davosda Ozarbayjon va Vengriya yetakchilari bilan uchrashdi. 

Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yetakchilar do‘stona ruhda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Ko‘p tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.