Siyosat
O‘zbekiston va Indoneziya erkin savdo shartnomasi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi
O‘zbekiston va Indoneziya erkin savdo to‘g‘risidagi bitim (FTA) tuzishni rejalashtirmoqda va iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada chuqurlashtirishga intilmoqda. Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har ikki tomon oʻzaro savdo aylanmalarini oshirish boʻyicha faol choralar koʻrayotganini maʼlum qildi.
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2 mart kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Raziz Qudratov Indoneziya Savdo vaziri Budi Santoso bilan videokonferensiya orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni strategik kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmi rekord darajada o‘sdi
Uchrashuvda vazirlar 2025-yilda tovar ayirboshlash 82 foizga ta’sirchan o‘sishiga erishishini ta’kidladilar. Ushbu sur’atni saqlab qolish uchun janob Qudratov va janob Santoso quyidagilarga kelishib oldilar:
Qishloq xo’jaligi eksportini kengaytirish: Ikkala davlat ham oziq-ovqat savdosi hajmini oshirishga intiladi. Tartibga solishni tartibga solish: savdo to’siqlarini kamaytirish uchun fitosanitariya va karantin tartib-qoidalarini tezlashtirishga harakat qilinadi. “Halol” sertifikatini standartlashtirish: “Halol” mahsulot sertifikatini o‘zaro tan olish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning bozorga kirishini osonlashtiradi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha savdo va sarmoyaviy hamkorlik bo‘yicha bitim tuzildi. Bundan tashqari, vazirlar keng qamrovli erkin savdo bitimi bo’yicha muzokaralarni rasman boshlagan qo’shma bayonotni yakunladilar.
Katalizator sifatida aviatsiya va ulanish
Iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi 2025-yil avgust oyida erishilgan aviatsiya hamkorligida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Oʻshanda har ikki davlat aviatsiya maʼmuriyati parvozlar sonini haftasiga 3 tadan 28 tagacha koʻpaytirishga kelishib olgan edi.
Poytaxt Jakartadan tashqari O‘zbekiston aviakompaniyalariga Indoneziyaning asosiy yo‘nalishlariga parvozlarni amalga oshirish huquqi berilgan, jumladan:
Banda Aceh Denpasar (Bali) Yogyakarta Lombok Majalengka Medan Surabaya Tanjung Pandan
Ushbu ortib borayotgan ulanish kelajakdagi savdo doirasida turizm va yuk tashish uchun asosiy omil bo’lishi kutilmoqda.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
