Siyosat
O‘zbekiston va Fransiya fuqaro aviatsiyasida aloqalarni kengaytiradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha investorlar forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Fransiya Respublikasi transport vaziri Filipp Tabaroni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Joriy yil mart oyida Parijga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda fuqarolik aviatsiyasida aloqalarni kengaytirish, transport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shu jumladan, yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston – Fransiya universiteti imkoniyatlaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Siyosat
Prezident «aravasini torta olmayotgan» hokimlar bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishini aytdi
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilindi.
Davlat rahbari Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora ekanligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan.
Yig‘ilishda tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari «aravasini torta olmayotgan bo‘lsa», bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Siyosat
Prezident bu yil 5 mlrd kilovatt elektr va 3,5 mlrd metr kub gaz tejalishi shartligini ta’kidladi
Videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorlik masalalariga alohida to‘xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Ularning xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq ishdan olish, o‘rniga yosh kadrlarni qo‘yib, yo‘qotishlarni 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilab berish zarurligi aytib o‘tildi.
Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida 10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari ta’lim olmoqda. Ularni texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.
«Marhamat, ustozlari shogirdini tumanga olib borsin, ishni o‘rgatsin, yo‘qotishni kamaytirish bo‘yicha yaxshi yechimlar taklif qilsa, tejalgan mablag‘ni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik», – dedi Prezident.
Mazkur yig‘ilishda tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil 5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi qayd etildi.
Siyosat
Prezident 13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chora ko‘rishni topshirdi
Prezident 13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chora ko‘rishni topshirdi
Source link
Siyosat
Prezident eksport qilishda tadbirkorlarga yordam bermayotgan hokimlarni ogohlantirdi
Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev eksport ko‘rsatkichlari pasaygan hududlar faoliyatini keskin tanqid qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi olti oyda 908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnomalar tuzgan. Biroq hamkor davlatlardagi vaziyat o‘zgargani sababli ular hali eksportni boshlay olmagan.
Shu bilan birga, ayrim hokimlar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish o‘rniga vaziyatni o‘z holicha qoldirgani ta’kidlandi. Bu esa eksport ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha bir qator hududlarda eksport keskin kamaygan. Xususan, Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denov tumanlarida eksport hajmi ikki barobardan ziyodga qisqargan.
Shuningdek, Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumani, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida eksport rejalari 70 foizga ham yetmagan.
Prezident mazkur hududlar rahbarlarini ogohlantirib, birinchi yarim yillikda o‘sish ta’minlanmasa, qat’iy xulosa qilinishi bildirildi.
Davlat rahbari hozirgi sharoitda eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar yangi bozor topish, aylanma mablag‘, sertifikatlash va logistika kabi muammolarni mustaqil hal qila olmayapti.
Shu bois, ushbu yo‘nalishda yagona va samarali tizim yaratish zarurligi qayd etildi. Mas’ullarga eksportni rivojlantirish bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan kompleks yondashuv ishlab chiqish va tegishli takliflar kiritish topshirildi.
Siyosat
O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Siyosat | 17:53
214
1 daqiqa o’qish
22 aprel kuni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisau doimiy vakili Samba Sane qo‘shma bayonotni imzoladi.
Foto: TIV
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
Gvineya-Bisau O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 168-davlat bo‘ldi.
-
Jamiyat5 days ago
Самарқандда МЧЖ раҳбарларининг кирдикорлари ошкор бўлди: тафсилотлар
-
Dunyodan5 days agoEron Hurmuz boʻgʻozini bloklagani sababli muzokaralarni rad etmoqda
-
Siyosat3 days agoSaida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
-
Siyosat5 days ago“Oʻzbekneftgaz” va Xitoyning CNPC hamkori uglevodorodlarning oʻta chuqur zahiralarini oʻrganish boʻyicha
-
Siyosat4 days agoSamarqandda narkotiklarning transmilliy tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
-
Siyosat3 days agoHukumat mehnat muhojirlariga til oʻrgatish va malaka olish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlashi kerak
-
Siyosat3 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp Eron rahbariyati bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
