Siyosat
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ta’lim, madaniyat va media sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Siyosat | 14:35
135
1 daqiqa o’qish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQShda bo‘lib turgan Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rojers boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Baxtio‘g‘li Saidov
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida davom etayotgan strategik sheriklik doirasidagi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.
Xalq diplomatiyasi, madaniy almashinuvlar, keng qamrovli ta’lim dasturlari, axborot sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tashqi ishlar vaziri Saidov muloqotni iliq va juda konstruktiv deb baholadi. U delegatsiyaning tashrifi Toshkent va Vashington o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, O‘zbekiston va AQSh xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.