Connect with us

Siyosat

O‘zbekiston Rossiyaga nota yubordi

Published

on


O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarolarining kaltaklanishi yuzasidan Rossiya vakolatli idoralariga nota yubordi. Bu haqda O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.

“Holat aniqlangan zahoti O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi xodimlari tashabbusi bilan jabrlangan fuqarolarimiz bilan tezkor aloqa o‘rnatilib, ularga zarur huquqiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, fuqarolarimiz tomonidan Vladivostok shahri ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy ariza topshirildi hamda Rossiya tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakolatxonasiga va Primorsk o‘lkasi prokuraturasiga mazkur masala yuzasidan barcha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi haqida notalar yuborildi”, – deb yozdi bosh konsul.

Hodisa O‘zbekistonning bosh konsulxonasi va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan alohida nazoratga olingani ta’kidlangan.

Gap shundaki, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda vladivostoklik mahalliy yoshlar O‘zbekiston fuqarolarini kaltaklagani va tahqirlagani aks etgan video tarqalgan edi.

“Novaya gazeta” nashri o‘zbekistonliklarga hujum qilgan yoshlarni “millatchilar” deb atagan.

Rossiya matbuotining xabar qilishicha, Primore o‘lkasi Tergov qo‘mitasi Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolari kaltaklangani va haqorat qilingani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Qayd etilishicha, Xabarovsk ko‘chasida 10 sentyabrga o‘tar kechasi yuz bergan bezorilik harakatlarida gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 213-moddasi (bezorilik) bilan ish ochilgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, mast holatda bo‘lgan o‘smirlar to‘xtab turgan avtomobilga hech qanday sababsiz shikast yetkazgan, yo‘lovchilarga hujum uyushtirgan.

Tergov idorasi gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlanib, ulardan biri qo‘lga olingani, ikki nafari esa qidirilayotganini ma’lum qilgan.

Jamoat faoli va sobiq deputat Rasul Kusherboyev “Ularning aybi – markaziy osiyolik migrantlar bo‘lishgani”, deb hisoblaydi.

“Bildirilishicha, migrant sifatida Rossiya ichki ishlariga murojaat qilish befoyda va qo‘rqinchli”, – deb yozdi R.Kusherboyev holat yuzasidan taassuf bildirar ekan.

Tahlilchi Muhammadqodir Sobirovning fikricha, Rossiyada borgan sari o‘zbeklarga nafrat oshishi sabab bu – Vladimir Putin hukumati targ‘iboti natijasidir.

“Xalqni chalg‘itish, barcha muammolarga aybdor qilib ko‘rsatish uchun migrantlar nishonga olindi. Ukrainada sharmanda bo‘lib, butun dunyoda yakkalangan xalqning agressiyasini chiqarishga bir ermak kerak edi. Va bu ermak, afsuski, markaziy osiyolik migrantlar bo‘lyapti. Vladivostokda 2010 yilda tug‘ilgan, ona suti og‘zidan ketmagan bolalarning o‘zbek migrantini kaltaklashi, bu Putinning ilk zombilari yetishib chiqqanini ko‘rsatadi… Bu arzandalar qayerdan “dux” topdi? Chunki ular OMON migrantlarni ayamay urganini deyarli har hafta ko‘radi. TV va ijtimoiy tarmoqlarda migrantlar Rossiyaga qanchalik zarar keltirayotganini eshitadi. Migrantlarni haqorat qilib, kaltaklab, lekin hech qanday jazo olmagan vatandoshlarini ko‘radi”, – deya mulohazalari bilan o‘rtoqlashgan Muhammadqodir Sobirov.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi sentyabr oyi boshida Moskva viloyatining Ximki shahrida o‘zbekistonlik taksi haydovchisi haqorat qilingani, jumladan, “Sen ruslarning qulisan!” deb tahqirlangani yuzasidan ham Rossiya tomoniga nota jo‘natgandi.

“O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qat’i nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi. Agar huquq va erkinliklaringiz, qonuniy manfaatlaringiz yoki sha’ningiz xorijda buzilsa, darhol o‘sha mamlakatning vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, shuningdek, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, – degan edi TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov o‘shanda.

Hozircha mazkur nota natijasi yuzasidan ma’lumot berilmagan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Prezident Mirziyoyev inflyatsiyani 6,5 foizga ko‘tardi va go‘sht importini oshirishni buyurdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida global narxlar oshib borayotgan bir sharoitda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish va inflyatsiyani nazorat qilish muhim zarurat ekanini ta’kidladi. Sessiyada Prezident mutasaddilarga bozor barqarorligini ta’minlash uchun yil oxirigacha go‘sht importini 130 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig’ilishda yil boshidan beri jahonda neft narxi 40 foizga oshgani ta’kidlandi. Davom etayotgan geosiyosiy keskinliklar logistika yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur qilmoqda, natijada ichki eksport va import qilinadigan asosiy iste’mol tovarlari uchun transport xarajatlari 25%-30% ga oshadi. Prezident Mirziyoyev inflyatsiyaga chek qo‘yilmas ekan, iqtisodiy o‘sish fuqarolar va tadbirkorlar uchun sezilarli yaxshilanishga olib kelmasligi, chunki tovarlar va xizmatlar narxining oshishi daromadlar o‘sishiga putur yetkazishi haqida ogohlantirdi.

Hozirgi vaqtda import qilingan inflyatsiya ichki narxlarga taxminan 1% bosim o’tkazmoqda. Ammo prezident tashqi bosim harakatsizlik uchun bahona bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, iste’mol savatidagi inflyatsiyaga ta’sir ko’rsatadigan mahsulot va xizmatlarning 70 foizi mamlakatimizda ishlab chiqariladi. Joriy yilda inflyatsiya darajasini maqsadli 6,5 foiz darajasida ushlab turish uchun hokimiyat va viloyat hokimlariga mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar yetkazib berishni ko‘paytirish va xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Logistikadagi uzilishlar tufayli birinchi chorakda qoramol importi ikki baravar kamaydi. Buni bartaraf etish uchun hukumat zudlik bilan yechimlarni joriy qildi, jumladan, havo transportida tashiladigan naslli sigirlar uchun 4 million so‘mgacha va go‘sht importi uchun transport narxining yarmigacha subsidiyalar ajratildi.

Prezident kelajakka qarab, mahalliy tadbirkorlik subyektlari uchun muqobil transport imkoniyatlarini diversifikatsiya qilish zarurligini ta’kidladi. U ikkinchi chorakda 45 ming tonna go‘sht import qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va yil davomida umumiy import hajmini 130 ming tonnaga yetkazishni maqsad qilgan. Rasmiylarga tadbirkorlarning muammolar haqida xabar berishini kutmasdan, logistika muammolarini tezda hal qilish uchun onlayn monitoringdan foydalanish buyurildi.

Qishloq xo‘jaligi jabhasida 478 ming gektar maydonga yem-xashak ekinlari ekish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, prezident ayrim sohalardagi ishlarning sustligini tanqid qildi. Masalan, Namanganda yem-xashak yetishtirish uchun ajratilgan maydonlarning 74 foizi ekilmagan bo‘lsa, Zarbudor, Qiziltepa, Pop kabi chorvachilik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda hali silos ekish boshlanmagan. Shuningdek, yangi tizim bo‘yicha 100 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari kimoshdi savdosiga qo‘yilishi va Prezident viloyat hokimlaridan bu jarayonni tezlashtirish, har bir hududda kamida beshtadan yirik sanoat meva-sabzavot plantatsiyalari tashkil etishni so‘radi.

Kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun rejalashtirilgan 180 ming gektar maydonning 118 ming gektariga ekildi. Muayyan sohalarda ishlash qoniqarsizligicha qolmoqda. Qashqadaryo va Surkandaryoda rejalashtirilgan maydonning atigi 41% va Surkandaryoda 44%ga ekin ekilgan. Ushbu kechikish faqat mart oyida ushbu hududlarda narxlarning 12,4% gacha oshishiga olib keldi. Prezident Mirziyoyev ushbu sustkashliklarni bartaraf etishda viloyat hokimi o‘rinbosarlari va tumanlar rahbarlarining mas’uliyati va mas’uliyati kuchaytirilishi haqida ogohlantirdi.

“Qayta aytaman: mablag‘ va resurslar mavjud. Go‘sht va kartoshka yetkazib berishda hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak”, – deya xulosa qildi prezident.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevga 23-aprel kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi matbuot anjumanida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning borishi haqida ma’lumot berildi.Mudofaa vaziri Shukrat Xolmxamedov ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati haqida ma’lumot berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda Turkiya armiyasining yuqori martabali vakillari ham ishtirok etdi.

Muhokamalarda harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, xususan:

Vazirliklararo hamkorlikni mustahkamlash.

Birgalikda harbiy mashqlar va tadbirlarni tashkil etish.

Harbiy xizmatchilarni o’qitishning kompleks dasturi.

Tomonlar uzoq muddatli sheriklikka sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash uchun mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga va’da berishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 23-aprel kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi matbuot anjumanida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning borishi haqida ma’lumot berildi.Mudofaa vaziri Shukrat Xolmxamedov ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati haqida ma’lumot berdi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: dunyo oldingidek «sokin» bo‘lmaydi

Published

on


Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev jahondagi geosiyosiy vaziyat tobora keskinlashayotganini ta’kidlab, rahbarlarni hushyorlikka chaqirdi.

Davlat rahbariga ko‘ra, «Birinchi chorak ko‘rsatkichi yaxshi bo‘ldi, yil oxirigacha ham shunday davom etadi», degan qarash xato bo‘ladi. U global ziddiyatlar va yetakchilik uchun kurash kuchayib borayotganini qayd etdi.

«Takror aytyapman: global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, yetakchilik uchun kurash avj olayotgan hozirgi sharoitda dunyo oldingidek ’sokin’ bo‘lmaydi», – dedi Prezident.

Yig‘ilishda iqtisodiy faollik va bandlik masalalari ham tahlil qilindi. Jumladan, 2026 yilda banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m ajratilayotgani ma’lum qilindi.

Ayrim hududlarda bu mablag‘lar samarali ishlayotgani qayd etildi. Masalan, Shirin shahrida har 1 milliard so‘m kredit hisobiga 20 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va So‘xda 14 tadan ish o‘rni tashkil etilgan.

Biroq Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bu ko‘rsatkich atigi 3 ta ish o‘rnini tashkil etmoqda.

Prezident samaradorlikdagi farqlarni tanqid qilib, resurslar to‘g‘ri yo‘naltirilmayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar barcha hududlarda kreditlar samarali loyihalarga yo‘naltirilganida, qo‘shimcha 36 ming ish o‘rni yaratish mumkin edi.

Shuningdek, 60 mingga yaqin norasmiy ishlayotgan aholini rasmiy sektorga chiqarish imkoniyati borligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan bank tizimida sun’iy intellektdan faol foydalanish vazifasi qo‘yildi. Hududiy bank xodimlarini ushbu texnologiyaga o‘qitish va «Sun’iy intellekt maslahatchisi» platformasini ishga tushirish topshirildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident «aravasini torta olmayotgan» hokimlar bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishini aytdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora ekanligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan.

Yig‘ilishda tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari «aravasini torta olmayotgan bo‘lsa», bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident bu yil 5 mlrd kilovatt elektr va 3,5 mlrd metr kub gaz tejalishi shartligini ta’kidladi

Published

on


Videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorlik masalalariga alohida to‘xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Ularning xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq ishdan olish, o‘rniga yosh kadrlarni qo‘yib, yo‘qotishlarni 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilab berish zarurligi aytib o‘tildi.

Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida 10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari ta’lim olmoqda. Ularni texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

«Marhamat, ustozlari shogirdini tumanga olib borsin, ishni o‘rgatsin, yo‘qotishni kamaytirish bo‘yicha yaxshi yechimlar taklif qilsa, tejalgan mablag‘ni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik», – dedi Prezident.

Mazkur yig‘ilishda tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil 5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi qayd etildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.