Jamiyat
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
«So‘g‘ment» chegara posti Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara xavfsizligini ta’minlash hamda ikki davlat munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilishi nuqtai nazaridan juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Qirg‘izistonning Botken shahrida O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda yangi post ochildi, deya xabar berdi 24.kg nashri.
Ta’kidlanishicha, «So‘g‘ment» chegara postining ochilishi davlat xavfsizligini mustahkamlash va chegaraoldi hududlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim voqea hisoblanadi.
«Yangi «So‘g‘ment» chegara postida xizmatni sifatli olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy talablarga javob beradigan kazarma qurilib, xizmat o‘tash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ta’kidlash joizki, ushbu hududda chegarachilar qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining 12 kilometrdan ortiq qismini qo‘riqlaydi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, 18 iyundan «Farg‘ona» chegara bojxona posti hamda Shohimardon qishlog‘iga o‘tishdagi «Oq qiya» bojxona punkti va «So‘x» chegara bojxona postining «Chashma» bojxona punkti 24 soatlik ish rejimiga o‘tayotgani xabar qilingandi.
Jamiyat
Milliy kutubxonada sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sun’iy intellekt asosida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, axborot resurslarini raqamlashtirish va avtomatik tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Sun’iy intellekt yaratgan surat
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga axborot-kutubxona sohasida qator qo‘shimcha vazifalar yuklanadi.
Jumladan, sun’iy intellekt yordamida kitobxonlar ehtiyojlarini tahlil qilish, tavsiyalar berish hamda axborot izlash jarayonlarini optimallashtiruvchi dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2027 yil 1 avgustga qadar axborot resurslarini raqamlashtirish, avtomatik tanib olish tizimlarini joriy etish, nashrlarni kataloglashtirish va tasniflash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Loyihada foydalanuvchilar uchun interaktiv xizmatlar sonini oshirish, xalqaro axborot resurslaridan kengroq foydalanish imkoniyatlarini yaratish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, “Ma’rifat markazi” binosining bir qismi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish uchun Milliy kutubxonaga ajratilishi, shuningdek “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” shaklida “Kitobxonlar xiyoboni” tashkil etilishi mumkin.
Jamiyat
Dunyo liderlari Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga samimiy hurmat-ehtirom izhor etib, yurtimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilamoqda, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash, barqaror taraqqiyotga erishish, inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga qat’iy intilishlarini ta’kidlamoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq;
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Ol Xalifa;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Saudiya Arabistoni Podshohligi davlat vaziri, Vazirlar Kengashi a’zosi Turki bin Muhammad bin Fahd bin Abdulaziz Ol Saud;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Jamiyat
Bryusselda o‘zbekistonlik fuqaroning hayoti saqlab qolindi
Belgiya shifokorlari va O‘zbekiston diplomatlarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik fuqaro muvaffaqiyatli davolanib, vatanga qaytarildi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi V.A. Niderlandiyada qurilish sohasida mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Ma’lum qilinishicha, o‘tkir tish infeksiyasi paytida o‘z vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilinmagani oqibatida og‘ir yallig‘lanish jarayoni kelib chiqqan.
Fuqaro Bryussel shahri orqali O‘zbekistonga qaytish vaqtida ahvoli keskin yomonlashgan va zudlik bilan Sent-Lyuk universitet klinikasiga yotqizilgan. Shifokorlar bemor ahvolini kritik deb baholagan.
Klinika mutaxassislari tomonidan ikkita murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Uzoq vaqt davomida bemor sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda jonlantirish bo‘limida davolangan.
Fuqaro shifoxonaga yotqizilgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekiston elchixonasi xodimlari bemorning qarindoshlari, shifokorlar va klinika ma’muriyati bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Elchixona tomonidan zarur konsullik va tashkiliy yordamlar ko‘rsatilib, uning davolanishi hamda keyinchalik Vatanga qaytishi to‘liq nazorat qilingan.
Belgiya shifokorlarining yuqori malakasi, tezkor tibbiy yordam va o‘zbek diplomatlarining amaliy ko‘magi tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolindi.
Hozirda V.A. O‘zbekistonda bo‘lib, oilasi bag‘rida sog‘lig‘ini tiklash va davolanishni davom ettirmoqda.
Jamiyat
Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi? — FVB izoh berdi
27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Katta Farg‘ona magistral kanalida timsohlar yurgani aytilmoqda» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Uchqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumani hududidagi Guliston, Paxtachi, Tegirmon va Birlik mahallalari orqali oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida kanalda timsoh mavjudligi aniqlanmadi.
Namangan FVB fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘ramoqda.
Jamiyat
Bugun O‘zbekistonda havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-31° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.
-
Dunyodan5 days agoYevropa davlatlari Isroil vazirini jazolashni talab qilmoqda
-
Mahalliy4 days agoErtaga ishga xizmat mashinasida bora ko‘rmang!
-
Jamiyat4 days agoToshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
-
Mahalliy4 days agoSizni maktabda aldashgan! So‘nggi qo‘ng‘iroq haqida siz bilmagan haqiqat
-
Dunyodan5 days agoPrezident Trampning Gʻazo boʻyicha 15 banddan iborat rejasi eʼlon qilindi
-
Dunyodan4 days agoFarzandingizga to’g’ri javobni aytmang…
-
Sport4 days agoO‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi e’lon qilindi
-
Dunyodan5 days agoO’tirish – bu asrning yangi “sigareti”.
