Sport

O‘zbekiston noyabrda xalqaro turnirda ishtirok etadi

Published

on


Dubaydagi turnirda O‘zbekistondan tashqari Misr, Eron va Kabo-Verde milliy jamoalari qatnashadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Dubayda xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Mini-turnirda O‘zbekistondan tashqari Misr, Eron va Kabo-Verde milliy jamoalari qatnashadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi dastlab yarimfinalda Misr bilan bellashadi.

Bu o‘yin g‘olibi finalda Eron va Kabo-Verde juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Hozircha o‘yinlar o‘tkazilish vaqtlariga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Dubaydagi turnirda qatnashadigan Misr va Eron ham xuddi O‘zbekiston kabi JCh yo‘llanmasiga ega bo‘lishgan. Kabo-Verde esa 13 oktyabr kuni mundial chiptasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version