Sport

O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnirda Misr bilan o‘ynaydi – OAV

Published

on


Noyabr oyidagi o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr terma jamoalari ishtirok etishi ta’kidlanmoqda.

Misr futbol assotsiatsiyasi 2025 yil dekabr oyida Marokashda bo‘lib o‘tadigan Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik doirasida Misr terma jamoasining xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda Misrning Shorouk News nashri xabar berdi.

Qayd qilinishicha, o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr terma jamoalari ishtirok etadi. Misr terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynaydi, g‘alaba qozongan taqdirda esa Eron – Kabo-Verde o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Xabarda turnirning qayerda o‘tkazilishi va sanasi haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham bu haqda hali xabar bermadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini allaqachon qo‘lga kiritgan. Misr milliy jamoasi bunga juda yaqin turibdi, «fir’avnlar» saralash musobaqasining qolgan 2 o‘yinida 1 ochko jamg‘arishi kifoya.

O‘zbekiston va Misr milliy jamoalari tarixda o‘zaro to‘qnash kelmagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version